Roman Tkachuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tkachuk Roman Denisovichdan yoʻnaltirildi)
Roman Tkachuk
Tugʻilgan sanasi 31-avgust 1932
Vafot sanasi 10-yanvar 1994

Roman Denisovich Tkachuk (1932.31.8—1994.9.1, Moskva) — aktyor, rejissor Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1955). 1953—58 yillar Turkiston harbiy okrugi drama teatrida, 1958—65 yillar rus akademik drama teatrida, 1965-yildan Moskva Satira teatrida ishlagan. Sahnada yaratgan Prisipkin ("Qandala"), Klim Samgin ("Boʻmboʻsh qalb tarixi"), Bolaganov ("Oltin buzoqcha"), Raskolnikov ("Jinoyat va jazo"), Hidoyatxon ("Maysaraning ishi"), Todoros ("Yolgʻonchi darkor"), Azamat ("Nomaʼlum kishi"), Samed ("Romeo, mening qoʻshnim"), Chasovnikov ("Dengiz") kabi obrazlari bilan tanilgan. "Ajoyib qotishma" (V.Kirshon), "Oy sonatasi" (A.Tur), "Yolgʻonchi darkor" (D.Psafas) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil