Tivitxoʻrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tivitxoʻrlar, yungxoʻrlar (Trichodectidae) — parxoʻrlar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Uzunligi 10 mm gacha. Qanotsiz tanasi qora qalin qobiqqa oʻralgan. 200 dan, jumladan, Oʻzbekistonda 10 dan ortiq turi bor. Sut emizuvchilar yungida parazitlik qiladi. Terini muguz qismi bilan oziqlanib jarohatlaydi. Ayrim turlari (mas., it T.i, mushuk T.i) muayyan hayvonda parazitlik qilishga moslashgan. T. — tasmasimon chuvalchanglar oraliq xoʻjayini.