Vibrotransport

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Titrama tashishdan yoʻnaltirildi)

Vibrotransport, titrama tashish — sochiluvchan va donali materiallarni, lastasimon aralashmalar va suyukliklarni titrama ish organi yordamida qisqa (mas., 300 m gacha) masofaga eltuvchi qurilma; shu ishlarni amalga oshirish (tashish) jarayoni. V.t. jumlasiga titrama konveyer, vibratsion nasos, vibratsion bunker, vibratsion Hartum (xobot) lar va b. kiradi. Ularning ishi vibratsion (titrama) tashish mashinalarining ish organlari titrashi taʼsirida materiallarning ilgariga siljib turishiga asoslangan. V.t. korxonalar, tegirmonlar, qurilish, konlar, shaxtalarda, materiallarni vagonlarga ortishda va b. maqsadlarda ishlatiladi. V.t.da tashish jarayoni mobaynida turli texnologik jarayonlarni ham bajarish, mas., materiallarni sovitish, qizdirish, quritish, saralash, suvsizlantirish, kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish ham mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil