Tissagetlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tissagetlar (yun. Thyssagetai) — antik davr mualliflari asarlarida qayd etilgan qad. qabilalar. Gerodot va boshqalarning guvogʻlik berishiga koʻra, T. budinlar va savromapiardan Sharq va Shim.

Sharq tomonda, ulardan 7 kunlik masofadagi hududda yashaganlar. T. oʻrmonlarda yashab, ovchilik bilan shugʻullanishgan, hayvon goʻshtlarini yeb, suyaklarini maʼbudlarga qurbonlik keltirishgan. Volgaorti, Uralning gʻarbiy tumanlari (Kama, Vyatka, Belaya, Chusovaya daryolari sohili boʻylab) ning oʻrmon zonasida yashashgan. T.ning Sharqiy Yevropaning shimolidagi qad. finugor qabilalari bilan qardoshligi haqida taxminlar mavjud.