Tish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tish kasalliklaridan yoʻnaltirildi)

Tishodam va koʻpchilik jagʻogʻizli umurtqali hayvonlar ogʻiz boʻshligʻi (baʼzi balikdar halqumi)dagi suyak tuzilma; ovqatni tishlab uzib olish, chaynash va tutib turish uchun xizmat qiladi. Odamda bundan tashqari, baʼzi tovushlarni talaffuz etishda ham qatnashadi. Embrional rivojlanish davrida Tish epitelial burmalar — tish plastinkalaridan hosil boʻladi. Homiladorlikning 5haftasidayoq homilada Tish shakllana boshlaydi.

Tishlar ketma-ket joylashib, tish yoyi yoki qatorini hosil qiladi. Katta yoshdagi kishilarda har bir tish qatorida shakli va ildizlar soni bilan bir-biridan farq qiladigan 16 ta Tish: 4 ta kesuvchi, 2 ta qoziq, 4 ta kichik jagʻ va 6 ta katta jagʻ Tish joylashgan. Yuqori va pastki Tish qatorlari maʼlum munosabatda jipslashadi. Odatda, sut va doimiy Tishlar boʻladi. Sut Tishlar doimiy Tishlar shakliga oʻxshash, lekin kichik va ildizi birmuncha kaltaroq; ular emizikli yoshda yorib chiqadi va doimiy Tishlar bilan almashguncha, yaʼni 12— 13 yoshgacha turadi. Bolalar Tishining shakllanishida ayolning homiladorlik davrida sifatli ovqatlanishi va bolalarni toʻgʻri ovqatlantirish (qarang Goʻdak) muhim ahamiyatga ega.

Tish tuzilishi. Tish koronka, boʻyin va ildizdan iborat; koronka va ildizni Tish boʻyni chegaralab turadi. Tish boʻyni toraygan boʻlib, uning atrofidagi shilliq qavat milk bilan oʻrab olingan. Koronka va ildiz ichida Tish boʻshligʻi hamda ildiz kanallari bor. Kanal ildiz oxirida teshik orqali Tish boʻshligʻiga ochiladi, bu teshik orqali Tish boʻshligʻiga qon tomirlari va nerv tolalari oʻtadi. Tishning asosiy qismini dentin tashkil etadi. Koronka kismi emal, ildizi suyak toʻqima (sement) bilan qoplangan. Tish ildizi va suyak katakchasi orasida uni ushlab turuvchi boylamlar (paylar) bor; ularni ildiz qobigʻi yoki periodont deyiladi. Periodontdan Tish boʻshligʻiga Tishni oziqlantiruvchi tomirlar va nervlar kiradi. Tish ichidagi boʻshliqsa Tish eti yoki pulpa bilan toʻlgan ildiz kanali bor. Pulpa gʻovak biriktiruvchi toʻqima, tomirlar, nervlar va har xil hujayralardan tuzilgan; pulpada Tish dagi qattiq toʻqimalarning moddalar almashinuviga yordam beradigan hujayralar — odontoblastlar bor; ulardan kanalchalar orqali dentin ichiga kirib boruvchi shoxchalar (tarmokchalar) chiqadi.

Tish kurtagida birinchi dentin, keyin emal hosil boʻladi. Avval ular, asosan, organik moddalardan iborat oʻziga xos toʻqimadan tuzilgan boʻlib, keyinchalik homiladorlikning 5oyi oxiriga kelib, bu oraliq moddalarga mineral moddalar, asosan, kaltsiy tuzlari singiy boshlaydi. Mineral tuzlar kristall holida oʻtirib, emal va dentinga qattiqlik beradi. Sut hamda doimiy Tishlarning dentin va emaldan tuzilgan koronkasi Tish chiqishidan oldinoq shakllanib boʻlgan boʻladi. Emal juda qattiq boʻlib, tarkibida 96% gacha, dentinda esa 72% cha anorganik (mineral) moddalar bor.

Tish chiqishi maʼlum muddat va tartib asosida boʻladi. Bolalarda birinchi boʻlib pastki, keyin yuqori kesuvchi Tishlar chiqadi (6—8 oygacha); bola 8—12 oyligida avval pastki yon, keyin yuqorigi yon kesuvchi Tishlar chiqadi. Soʻngra tartib bilan birinchi jagʻ (12— 16 oy), qoziq (16—20 oy) va ikkinchi jagʻ Tish (20—30 oy) chiqadi. Sogʻlom bolalarda bu muddat bir oz ilgariroq yoki kechroq kechishi mumkin. Koʻpincha bola 2 yasharligida 20 ta sut Tish chiqib boʻladi. Tish chiqishi fiziologik jarayon boʻlib, odatda, ogʻriq bilan kechadi; bu davrda bola isitmalashi, milki yalligʻlanib, qichishishi mumkin; u bezovta boʻla boshlaydi va qattiq narsalar (qoshiq, suyakdan qilingan va boshqalar)ni milkiga ishqalagisi keladi; soʻlak bezlarining faoliyati tezlashganligi tufayli koʻp soʻlak ajrala boshlaydi, bolada betoblik alomatlari paydo boʻlsa, darhol vrachga koʻrsatish zarur.

Doimiy Tlar 5—6 yoshdan chiqa boshlaydi; dastlab birinchi katta jagʻ Tish (sut jagʻ Tishlar orqasidan) chiqadi. 6—8 yoshda markaziy kesuvchi Tish (oldin pastki, keyin kjrrigi); 9—10 yoshda yon kesuvchi Tishlar, 12—14 yoshda qoziq va kichik jagʻ Tish sut Tishlar oʻrniga almashinib chiqadi. Ikkinchi katta jag Tish 14 yoshda, akd Tish esa, odatda, 16 dan 25 yoshgacha chiqadi. Doimiy Tishlar chiqishidan oldin sut Tishlar ildizi soʻrila boshlaydi; bu chiqib kelayotgan doimiy Tishlar koronkasi tegib turgan yerdan boshlanadi.

Odatda, Tish ovqatni uzib olish va chaynash funksiyasini bajaradi. Chaynash ovqat hazm qilishning boshlanishi boʻlib, ovqatni Tish bilan maydalash va soʻlak bilan aralashtirishdan iborat. Soʻlak tarkibidagi fermentlar taʼsirida ogʻiz boʻshligʻida ovqatni hazm qilish boshlanadi. Ovqatni ogʻizda yaxshilab maydalash meʼdada uning toʻla gʻazm boʻlishiga imkon beradi. Tish butunligi buzilsa yoki ogʻriydigan boʻlib qolsa, ovqat hazm qilish ham izdan chiqadi.

Tish anomaliyasi (Tishning qingʻirqiyshiq oʻsishi) har xil boʻladi: ayrimlari faqat xunuk koʻrinsa (kosmetik nuqson), boshqalarida chaynash buzilishi mumkin. Masalan, bir guruh Tishning tugʻma boʻlmasligi yuz tuzilishini oʻzgartirib yuboradi. Baʼzan ayrim doimiy Tish shakllanib boʻlgan boʻlishiga qaramay, chiqmasdan jagʻ ichida qolib ketadi (retinirlangan Tish). Koʻpincha qoziq yoki aql Tish shunday buladi. Tish shakllanishining buzilishi homiladorlik davrida notoʻgʻri ovqatlanish bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin. Bolalar jagʻining bir oz oʻsmay qolishiga chirigan sut Tishlarni erta olib tashlash yoki doimiy Tish kurtagining sut Tish atrofidagi yalligʻlanish oqibatida irib, yoʻqolib ketishi sabab boʻladi. Baʼzan "ortiqcha" Tish chiqadi yoki zich joylashib qoladi, koʻpincha markaziy kesuvchi Tish orasida katta oraliq — diastema boʻladi; agar Tish oʻrni boʻlmasa Tishlar oʻz qatori tashqarisidan chiqadi.

Tishning juda. erta yoki kech chiqishi Tish chiqishi buzilganligidan darak beradi. Tishning kech chiqishi koʻproq nimjon (meʼdaichak funksiyasi buzilgan, zotiljam, raxit boʻlgan) bolalarda kuzatiladi. Koʻpincha jagʻ suyagining oʻsishi tugaganda aql Tish chiqishi qiyinlashadi. Bunda toʻliq chiqib ulgurmagan Tish koronkasini qoplab turgan milk yalligʻlanadi, oʻz vaqtida davo qilinmasa, yalligʻlanish jagʻ suyagi pardasiga tarqaladi (qarang Periostit). Tishning shakllanishi va chiqishi davrida oʻzgarishlar boʻlsa, bolani stomatolog vrachga koʻrsatish zarur, u kasallanish sababini aniklab, tegishli davo tayinlaydi; lozim boʻlsa, soha mutaxassislari jalb etiladi. Tish paydo boʻlishi va shakllanishi davrida bola organizmida moddalar almashinuvining buzilishi (oʻtkir infeksiya, toʻliq ovqatlanmaslik) natijasida Tishning qattiq toʻqimasi toʻla rivojlanib ulgurmaydi (bu emal gipoplaziyasi deb ataladi).

Baʼzan dentin emal bilan qoplanmay qoladi. Bundam tish, odatda, "ogrimaydi", lekin chirigan boʻladi, shuning uchun bolani vaqtvaqti bilan stomatolog vrachga koʻrsatib turgan maʼqul.

Tish shikastlaridan uning qimirlab qolishi (tushishi), koronkasining bir kismi chetnashi, ildizi sinishi koʻproq uchraydi. Bunda Tish qattiq ogʻrib, atrofidagi toʻqimalar shishadi. Tish shikastlanganda oʻz vaqtida stomatolog vrachga murojaat qilish kerak. Tish yangi shikastlanganda davo qilinsa, uning ildizi saqlab qolinadi.

Tish kasalliklaridan eng koʻp tarqalgani uning chirishidir (qarang Tish chirishi). Tish kasalliklarining vujudga kelishida Tishda hosil boʻladigan qatlamlar muhim rol oʻynaydi (qarang Tish toshi). Tish chirishi oʻz vaqtida davolanmasa, pulpaga utib, uni yalligʻlantiradi (qarang Pulpit), keyinchalik yalligʻlanish Tish atrofidagi toʻqimaga oʻtadi (qarang Periodontit). Hatto chirib yemirilgan Tishni muddatidan oldin olib tashlash bola jagining oʻsishini tuxtatadi va Tish rivojlanishining buzilishiga olib keladi. Agar Tish atrofida yalligʻlanish boʻlsa, koʻpincha doimiy Tishlar kurtagi shikastlanadi. Lekin doimiy Tishlarning chiqishiga sut Tishlar toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa, ularni olib tashlash uchun stomatologga murojaat kilish kerak. Doimiy Tishlarni olib tashlash esa organizm uchun zararsiz deb boʻlmaydi. Tishni davolab boʻlmagan takdirdagina olib tashlanadi.

Tish chirishidan tashqari flyuoroz, Tishning patologik siyqalanishi va gipersteziyasi (sezuvchanligi ortishi) kabi kasalliklari ham uchraydi.

Tish flyuorozi ichiladigan suvda ftor miqdori ortib ketishi bilan boglik, boʻlib, uning oldini olish uchun suv ftorsizlantiriladi.

Tishni va ogʻiz boʻshligʻini toʻgʻri parvarish qilish Tish kasalliklarining oldini olish va oʻz vaqtida davolash imkonini beradi; yilda 2 marta stomatolog vrachga koʻrinib, u tavsiya etgan turli profilaktik chora va davoni bekamu kust bajarish Tish holatini yaxshi saqlashda muhim rol uynaydi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ahmedov N., Sodiqova 3., Normal anatomiya va fiziologiya, T., 2004.