Tish emali
Tish emali — tishning toj qismini oʻrab turuvchi qobigʻi. Emal odam tanasidagi eng qattiq toʻqima hisoblanadi, uning tarkibi 97 % anorganik moddalar va 2-3 % suvdan iborat. Qattiqlik darajasi 397,6 kg/mm². Emal qalinligi joylashuviga qarab 2,0 mm gacha boʻlishi mumkin. Emalda hujayralar boʻlmaydi va zararlanganda regeneratsiya qila olmaydi. Shunga qaramasdan emalda doim moddalar (ionlar) almashunuvi kuzatiladi. Emalga ionlarning kirishi tashqi (soʻlak orqali) yoki ichki (dentin, pulpa orqali) boʻladi va remineralizatsiya deb ataladi. Emaldan ionlarning chiqib ketishi esa demineralizatsiya deyiladi[1].
Kimyoviy tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tish emalining qattiqligi undagi anorganik moddalarning koʻpligi bilan baholanadi (97 % gacha). Emal tarkibida gidroksiapatit kristali — Ca10(PO4)6(OH)2, magniy, ftor, uglerod va boshqa moddalar bilan birikkan holda uchraydi. Emalda 2-3 % gacha suv va 1-2 % gacha organik moddalar (oqsil, uglevod, lipid) boʻladi. Gidroksiapatitlar kislotalarga juda taʼsirchan boʻlib pH darajasi 4,5 dan kamayganda (soʻlakning pH darajasi 5,6 dan 7,6 gacha) yemirilishni boshlaydi.[2]
Anatomo-gistologik tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Emalning asosiy asosiy strukturaviy birligi emal prizmalari (diametri 4 — 6 mkm) hisoblanadi. Emal prizmalari gidroksiapatit kristallaridan iborat. Prizmalararo modda ham kristallardan tuzilgan boʻlib, ular faqat joylashishi bilan farqlanadi. Emalning eng tashqi qavati va dentin bilan chegaradosh ichki qavatida prizmalar boʻlmaydi. Bundan tashqari emal plastinkalari (lamella) va emal nurlari boʻlib ular prizmalararo moddada joylashgan va yetarlicha minerallashmagan boʻladi
Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Кузнецов, С.Л.; Торбек, В.Э.; Деревянко, В.Г. Гистология органов полости рта. Учебное пособие. ГЭОТАР-Медиа, 2012. ISBN 978-5-9704-2253-3. 22-may 2022-yilda qaraldi.
- ↑ Быков, Владимир. Гистология и эмбриология органов полости рта человека. Учебное пособие. ГЭОТАР-Медиа, 2014. ISBN 978-5-9704-3011-8. 22-may 2022-yilda qaraldi.