Tir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tir — Finikiya (hozirgi Livandagi Sur sh.)dagi dengiz boʻyi shahardavlati. Mil. av. 4ming yillikda asos solingan. Mil. av. 1ming yillikda ravnaq topgan. Mil. av. 3—2ming yillikda muhim hunarmandchilik va savdo markazi. 2ming yillikda (tanaffuslar bilan) Misr taʼsirida boʻlgan. T.liklar Oʻrta dengiz orollari (Kipr, Sitsiliya va boshqalar), Shim. va Gʻarbiy Afrika va Ispaniyada bir qancha koloniyalar (manzilgohlar) barpo etganlar. Mil. av. 10-a.da T. gegemonligi ostida vujudga kelgan TirSidon podsholigi Finikiyaning butun dengiz sohyli ustidan hukmronlik qilgan. Mil. av. 8-a.da T. Ossuriyaga, mil. av. 6-a. boshidan Yangi Bobil podsholigiga, mil. av. 6-a.ning 2yarmidan Axomaniylar davlatiga karam boʻlgan. Mil. av. 332 y. uzoqmuddat dengiz va quruklikdan qamal qilingandan keyin T. Aleksandr tomonidan egallangan. Ellinizm davrida T.Ptolemeylar, Salavkiylar davlati tarkibida, mil. av. 64 yildan Rimning Suriya provinsiyasiga ichki muxtoriyatini saklagan xolda kirgan. Arablar istilosiga qadar (7-a.) Sharqiy Oʻrta dengizning yirik savdo markazi boʻlib qolgan. T.da arxeologik qazish ishlari fransuz arxeologi E. Renan (19-a.ning 2yarmi), A.Puadebar (20-a.ning 40-yillari) tomonidan olib borilgan. T. Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.