Tiomochevina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tiomochevina, tiokarbamid, H2NC(S)NH2 — taxir taʼmli, oq kristall kukun. Suyuqlanish temperaturasi 180 182°, zichligi 1405 kg/m3. Suvda, spirtda, piridinda eriydi. Baʼzi oʻsimliklar tarkibida topilgan. Kimyoviy xossalariga koʻra mochevinaga oʻxshash. Asoslar bilan tuz, metall tuzlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Turli organik birikmalar, jumladan, dori preparatlar sintezida qoʻllanadi.