Tintikit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tintikit (AQShning Yuta shtatidagi Tintik degan joy nomidan) — mineral; temir, fosfor va suv birikmalaridan tarkib topgan. Tabiatda kam uchraydi. T. 1963 y. Oʻzbekiston gʻarbi (Qizilqum)da topilgan va oʻrganilgan. Ushbu T.ning rentgenogrammasi Yuta shtatidagi T. nikiga yakin. Uning koʻrinishi gil minerallarni eslatadi. Kimyoviy tarkibi Gʻe3[(ON)3(RO4)2]ZN2O, unda Gʻe,O3 48,18%, R2O530,7%, N2O 19,51%, A12O3 1,48%, Na2O5 0,08%, K2O 0,03% mavjudligi aniqlangan. Rangi oqsariq, yashil tusli. Qattiqligi 2—2,5, zichligi 2,8 g/sm3, yalab koʻrilsa tilga yopishadi. T. gipergen mineral boʻlib, limonitlashgan gematitda 5 sm gacha boʻlgan tomirchalar shaklida, oksidlanish zonasidagi oltinsurma ruda namoyonlarida vujudga keladi. T. gepatit, natroyarozit, alunit, oltin bilan assotsiatsiyada uchraydi.