Tindal effekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tindal effekti — bir jinsli boʻlmagan xira optik muhitda yorugʻlikning sochilishi. Mas., shishadan yasalgan kub shaklidagi kyuvetka (vannacha)ga sut aralashtirilgan suv solib, uning asosidan yorugʻlik tushirilsa, bu yorugʻlik nurining izi anik, koʻrinib turadi. Agar kyuvetkaning yon tomonidan qaralsa, sochilayotgan yorugʻlik havo rang konus (Tindal konusi) koʻrinishida, kyuvetkadan oʻtayotganda esa qizgʻish boʻlib koʻrinadi. Kyuvetka yon tomonidan kuzatilayotganda yorugʻlikning havo rang koʻrinishda boʻlishi Reley qonuni asosida tushuntiriladi. Muhit zarralari oʻlchami yorugʻlik toʻlqin uzunligidan kichik boʻlsa, Tindal effekti yaxshi kuzatiladi. Bu hodisani ingliz fizigi J. Tindal (Tyndall) oʻrgangan (1868), shuning uchun uning nomi bilan yuritiladi. Kalloid zarralar va makromolekulalarning oʻlchami, shakli va konsentratsiyasini aniklashning baʼzi optik usullari Tindal effektiga asoslangan.