Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar - eng ogʻir xalqaro jinoyatlar. Xalqaro harbiy tribunal ustavi kvalifikatsiyasi boʻyicha, agressiv urushni rejalashtirish, unga tayyorgarlik koʻrish, bunday urushni ochish va olib borish yoki xalqaro shartnomalar, bitimlar, ahdlashuvlarni buzgan holda urushda bironbir tarzda qatnashish tinchlikka qarshi jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 1947 y. 3 noyabr

dagi rezolyutsiyasiga koʻra, urushni targʻib qilish ham shunday jinoyat hisoblanadi. Xalqaro huquqqa koʻra, tinchlikka qarshi jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddatini qoʻllash mumkin emas (yaʼni, belgilangan vaqt oʻtgandan keyin ham jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi).

Insoniyatga qarshi jinoyatlar millat va davlatlarning yashash asoslariga, ularning progressiv taraqqiyoti va tinch xalqaro aloqa qilishiga xavf solishda ifodalanadi. Mustamlakachshshk, genotsid, aparteid, atmosfera yoki dengizlarni yoppasiga ifloslantirish (ekotsid) shunday jinoyat sirasiga kiradi. Davlatlar, xalkaro tashkilotlar va jismoniy shaxslar insoniyatga qarshi jinoyat subʼyektlari va bunday jinoyatni qilganlik uchun javobgarlik subʼyektlari boʻlishi mumkin. T. va i.q.j. uchun davlatlar siyosiy va moddiy javobgarlikka, konkret jismoniy shaxslar esa — yakka tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladilar.