Tinch-totuv yashashning besh prinsipi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tinch-totuv yashashning besh prinsipi (hindcha pancha shila) — 1) hududiy butunlikni va mustaqillikni oʻzaro hurmat qilish; 2) hujum qilmaslik; 3) bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik; 4) tenglik va oʻzaro manfaatdorlik; 5) tinch-totuv yashash. Dastlab (1954-yil aprelda) Hindiston bilan Xitoyning Tibet rayoni oʻrtasidagi savdo va aloqalar haqida, Hindiston va Xitoy tomonidan tuzilgan bitimning kirish qismida ifodalangan. Bu prinsiplar Bandung konferensiyasi (1955) qarorlari va boshqa xalqaro hujjatlarda aks ettirilgan.