Timurbek Usmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Timurbek Bekmurodovich Usmonov
Tavalludi 14-aprel 1942-yil
Toshkent OʻzSSR
Vafoti 23-dekabr 2021-yil(2021-12-23)
(79 yoshda)
Toshkent Oʻzbekiston
Sohasi lazer fizikasi
Taʼlimi Moskva davlat universiteti
Mukofotlari “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, sport ustasi

Timurbek Bekmurodovich Usmonov (1942 — 2021) — o‘zbek fizigi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.  

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Timurbek Usmonov 1942-yil 14-aprelda Toshkent shahrida dunyoga keladi.  

Moskva davlat universitetini tugatgandan so‘ng (1967), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy-tadqiqotchi xodim bo‘ladi. 1972-yilda Moskva davlat universitetida (MDU) aspiranturani tamomlagandan so‘ng nomzodlik dissertasiyasini himoya qiladi.  

Mehnat faoliyati:

  • 1972—1974-yillarda Yadro fizikasi institutida katta ilmiy xodim 
  • 1974—1992-yillarda Elektronika instituti (bugungi kundagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti) laboratoriyasi mudiri 
  • 1993—2002-yillarda Fan va texnika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari 
  • 2002—2006-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yirik ilmiy loyihalar bo‘yicha ekspert kengashi raisi
  • 1992—2006-yillarda "Akadempribor" IICHB (Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi) direktori, so‘ng lazer nurlanishining moddalar bilan o‘zaro ta’siri laboratoriyasi mudiri 
  • 2006-yildan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti bosh ilmiy xodimi va laboratoriya mudiri.

Timurbek Usmonov fizika-matematika fanlari doktori (1987-yil), so‘ng 2017-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylanadi.

U lazer fizikasi va texnologiyasi, chiziqli bo‘lmagan optika va spektroskopiya sohasidagi olim sanaladi.

Usmonov birinchi marta dunyo bo‘yicha kuchli lazer nurlanishining eng samarali uyg‘unlashuvi va parametrik yorug‘lik genarasiyasining yuqori darajasini oladi. Uning tadqiqotlari asosida yaratilgan lazer komplekslari amaliyotda ham keng qo‘llaniladi.

U 400 dan ortiq ilmiy maqolalar, 4 ta monografiya, 16 ta patent muallifidir.

Shuningdek, u “Kristallarda yuqori samarali chastotali nochiziqli konversiya va kogerent optik nurlanishning sozlanishi manbalarini yaratish” turkum ishlari uchun” — SSSR Davlat mukofoti laureati (1984-yil) bo‘ladi.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan ham taqdirlanadi.

Bundan tashqari, u erkin kurash bo‘yicha SSSR sport ustasi.  

Timurbek Usmonov 2021-yil 23-dekabrda Toshkent shahrida vafot etadi.

Ilmiy ishlari:

  • Преобразование частоты лазерного излучения с предельной эффективностью / А.А. Гуламов, Э.А. Ибрагимов, В.И. Редкоречев, Т.Б. Усманов; АН УзССР, Ин-т электрон. им. У.А. Арифова. – Т.: Фан, 1990. – 145, [2] с.; 22 см.
  • А. В. Беньков, А. В. Зиновьев, Т. Усманов, С. Т. Азизов, “Нетепловое свечение поверхности металла при лазерном возбуждении”, Квантовая электроника, 12:5 (1985), 977–986
  • Э. Ф. Ибрагимов, Т. Усманов, “К теории генерации второй гармоники мощного лазерного излучения”, Докл. АН СССР, 261:4 (1981), 846–850
  • Р. А. Ганеев, Т. Б. Усманов, “Нелинейно-оптические характеристики различных сред”, Квантовая электроника, 37:7 (2007), 605–622 [Quantum Electron., 37:7 (2007), 605–622]
  • Limitation of second-harmonic generation of femtosecond Ti:sapphire laser pulses. Ildar A. Begishev, Mikhail Kalashnikov, Vladimir Karpov, Peter Nickles, Horst Schönnagel, Ilya A. Kulagin, and Timurbek Usmanov. Journal of the Optical Society of America B Vol. 21, Issue 2, pp. 318-322 (2004)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]