Timur Arslanbekov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Timur Ruslanovich Arslanbekov | ||
| Tavallud sanasi | 14-may 1976-yil | ||
| Tavallud joyi | Tojikiston SSR, SSSR | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 199? | Xoʻjand | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
| Kasbi | Futbol hakami | ||
|---|---|---|---|
| Milliy musobaqalar | |||
| Yillar | Liga | ||
| 2011—2017 | Rossiya Premyer-ligasi | ||
Timur Ruslanovich Arslanbekov (1976-yil 14-mayda tugʻilgan) – rossiyalik futbol hakami. Rossiya chempionatida oʻyinlarni boshqargan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchi sifatida Tojikistonning „ Xoʻjand“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Timur 1999-yilda hakamlik faoliyatini boshlagan[1]. Rossiyadagi hakamlik faoliyatini 2002-yilda boshlagan. Dastlab ikkinchi divizion, Rossiya kubogi va oʻrinbosarlar turniri oʻyinlarida laynsmen sifatida ishlagan. Keyinchalik birinchi divizionda laynsmen boʻlib ishlagan, 2004-yildan esa bosh hakam boʻlib ishlagan. U oʻrinbosarlar turniri, ikkinchi va birinchi divizion oʻyinlarida hakamlik qilgan.
2011-yil 10-aprel kuni Rostov-Donning „Rostov“ – „Volga“ jamoalari oʻrtasidagi 4-tur uchrashuvida bosh hakam sifatida Premyer-ligada debyut qilgan. Uchrashuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan, Arslanbekov sakkizta sariq kartochka koʻrsatdi, ulardan biri qizil kartochkaga aylangan[2]. 2017-yilning 1-aprelida boʻlib oʻtgan FNL chempionati doirasidagi Fakel Voronej – „Kuban Krasnodar“ (2:2) uchrashuvida qoniqarsiz ishlagani uchun u mavsum oxirigacha hakamlikdan chetlatilgan[3][4], bu oʻyin uning professional darajadagi hakamlik faoliyatidagi soʻnggisi boʻlgan[5].
2019-yilning yozida FNL ishhtirokchisi „Nefteximik Nijnekamsk“ klubi sport direktori etib tayinlangan[6][7]. Shu bilan birga, u klubda tarjimon sifatida ham qayd etilgan[8][9]. Bu lavomizim orqalik oʻyin davomida bosh murabbiy yonida oʻyin davomida hamrohlik qilar edi. 2020/21-yilgi mavsumda u haqida raqib klublar („Torpedo“ Moskva, Baltika Kaliningrad) rahbarlarining „bosh murabbiydan koʻra faolroq harakat qilishi va hakamlarga bosim oʻtkazishi“ haqida bayonotlar berilgan edi[10]. 11-noyabr kuni FNL chempionatining 21-turidan oʻrin olgan „SKA-Xabarovsk“ – „Nefteximik“ oʻyini yakunlanganidan soʻng u diskvalifikatsiyaga uchradi. 25-noyabr kuni „Nefteximik“ – „Nijniy Novgorod“ oʻrtasidagi 24-tur oʻyinida u Nijniy Novgorod bosh murabbiyi Robert Yevdokimov bilan janjallashgani uchun qizil kartochka olib, zaxiradan chetlatilgan[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Главные судьи премьер-лиги в чемпионате-2011/12“. Sport-express.ru (2011-yil 18-mart). 2015-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-may.
- ↑ „Ростов (Ростов-на-Дону) 1:3 Волга (Нижний Новгород)“. Чемпионат.com (2014-yil 16-avgust). 2014-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-avgust.
- ↑ „Арсланбеков отстранен от судейства до конца сезона“. Sport-express.ru (2017-yil 21-aprel). 2020-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „Арбитр матча «Факел» — «Кубань» Арсланбеков отстранён до конца сезона“. Чемпионат.com (2017-yil 22-aprel). 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „«Бухгалтер после увольнения найдет другую работу. Футбольному судье идти некуда». Интервью с экс-арбитром, ныне спортивным директором“. Matchtv.ru (2020-yil 12-yanvar). 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „Тимур Арсланбеков: «Нефтехимик» — уникальный проект, ни копейки не берет из регионального бюджета»“. realnoevremya.ru (2019-yil 19-sentyabr). 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „Руководство клуба“. Официальный сайт ФК «Нефтехимик» (Нижнекамск). 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „Клубы. «Нефтехимик»“. Официальный сайт ФНЛ. 2020-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „Евдокимов удален, но побеждает, Лебеденко поднимает трибуны“. Sportbox.ru (2020-yil 25-noyabr). 2020-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „Спортдир «Нефтехимика» ответил на обвинения «Торпедо» и «Балтики» в том, что он оказывает давление на судей“. Sport-express.ru (2020-yil 1-noyabr). 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „Главный тренер «Нижнего Новгорода» пропустит матч с «Аланией» из-за дисквалификации“. Sportbox.ru (2020-yil 27-noyabr). 2020-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Timur Arslanbekov RPL saytida
- Timur Arslanbekov Footballfacts.ru saytida