Timpanal organlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Timpanal organlar (yun. tympanon — timpan — nogʻora) — hasharotlar (toʻgʻri qanotlilar, jizildoqlar, ayrim kapalaklar, toʻrqanotlilar)ning ovoz chiqarish organlari; oʻz turi va ayrim yirtqichlar (mas., koʻrshapalaklar exolokatsiya) signallarini qabul qiladi. Timpanal organlar timpanal membranalar va ularga yoki traxeyalarga birikkan sezgir xordotonal sensillalardan iborat. Ular soni 2—4 dan (tangachaqanotlilar) bir necha oʻnta (toʻgʻriqanotlilar), hatto bir necha yuztagacha (jizildoqlar) boʻladi. Timpanal organlar oldingi oyoqlarning boldir qismida temirchaklar, chirildoklar, buzoqboshilar, koʻkrakda (suv qandalalari) yoki qanotlarda (toʻrqanotlilar) joylashgan. Toʻgʻri qanotlilar Timpanal organlari 0,2— 100 kGs, jizildoqlar 0,2—20 kGs, tangachaqanotlilar 1—240 kGs chastotali diapazondagi tovushlarni qabul qiladi. Timpanal organlar eshitish organi boʻlgan hasharotlarda yaxshi rivojlangan.