Timokratiya
Timokratiya (qadimgi yunoncha: τῑμοκρᾰτία, ot τῑμή „qiymat, obroʻ“ + κράτος „hokimyat, kuch“)[1] – davlat boshqaruvi shakli boʻlib, unda davlat hokimiyati yuqori mulkiy senzga ega boʻlgan imtiyozga ega ozchilik qoʻlida boʻladi. Oligarxiyaning bir shaklidir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Timokratiya“ atamasi Platon („Davlat“ VIII, 545), Aristotel („Nikomax axloqi“ VIII, XII) asarlarida uchraydi. Shuningdek, Ksenofont asarlarida ham eslatib oʻtilgan.
Suqrot gʻoyalarini bayon qilgan Platon fikricha, timokratiya – odatda harbiylar sinfiga mansub boʻlgan shuhratparastlar hokimiyati – oligarxiya, demokratiya va tiraniya kabi boshqaruvning salbiy shakllaridan biridir. Platon fikricha, hukmron sinf boylik orttirishi bilan timokratiya oligarxiyaga oʻtish jarayoniga ega boʻladi. Platonning aytishicha, timokratiya aristokratiyadan keyin, yangi avlod dunyoga kelganda paydo boʻladi. Shuningdek, Platon ularning manfaatlari davlat manfaatlaridan ustun turishini taʼkidlagan.
Aristotelning fikricha, timokratiya hokimiyatning ijobiy shakli boʻlib, u salbiy shaklga – demokratiyaga oʻtish moyil. Buning sababi, davlat tuzilishining bu ikki turi umumiy chegaraga ega: timokratiya ham koʻpchilik hokimiyatini istaydi va unda bir toifaga mansub kishilarning barchasi teng hisoblanadi.
Miloddan avvalgi VI asrda Afinada Solon islohotlari natijasida, Rimda esa Serviy Tulliyga tegishli islohotlardan keyin oʻrnatilgan davlat tuzumi timokratiyaga misol boʻla oladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Harper, Douglas „"Timocracy" etymology“. Online Etymology Dictionary (2001-yil noyabr). Qaraldi: 2008-yil 25-oktyabr.