Timo Furuholm
|
Timo Furuholm 2018-yilda Turku safida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 11-oktyabr 1987-yil | ||
| Tavallud joyi | Pori, Finlandiya[1] | ||
| Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| -2002 | TOVE | ||
| 2003 | Jazz | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2003 | Jazz | 4 | (0) |
| 2004 | MuSa | 21 | (17) |
| 2005—2011 | Inter Turku | 95 | (40) |
| 2012—2013 | Fortuna Düsseldorf | 9 | (0) |
| 2013 | → Hallescher FC (ijara) | 16 | (8) |
| 2013—2016 | Hallescher FC | 87 | (27) |
| 2017—2021 | Inter Turku | 131 | (45) |
| Milliy terma jamoa | |||
| Finlandiya U-17 | 3 | (1) | |
| 2008 | Finlandiya U-21 | 2 | (0) |
| 2010—2013 | Finlandiya | 10 | (2) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Timo Furuholm (1987-yil 11-oktabrda tugʻilgan) — FInlandiyalik sobiq professional futbolchi. Finlandiyaning Pori shahrida tugʻilgan va faoliyatini mahalliy FC Jazzda boshlagan. 2003-yilda 15 yoshida Veikkausliigada debyuti qilgan.
Furuholm 2010-yilning yanvarida, 22 yoshida Finlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]16 yoshida Jazzda FF Jaroga qarshi oʻyinga tushdi. Oʻshanda Finlandiya oliy ligasida maydonga tushgan eng yosh futbolchi boʻldi. 2004-yilda 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi.
Inter Turku
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yilda „Inter Turku“ bilan shartnoma imzoladi. Oʻshandan beri koʻplab jarohat oldi. 2007-yilgi mavsumda „Inter“ safida 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Keyingi mavsumda tizzasidan olgan jarohati tufayli uch oyni oʻtkazib yubordi. Bor-yoʻgʻi toʻqqizta oʻyinda maydonga tushdi va toʻrtta gol urdi. Keyingi mavsumda butun mavsumni jarohatlarsiz oʻtkaza oldi, jami 23 ta oʻyinda maydonga tushdi va 11 ta gol urdi. 2011-yilgi mavsumda ligada 22 ta gol urdi, Veikkausliigada rekordchi boʻldi. 2011-yilgi mavsumdan soʻng „Inter“ bilan shartnomasi tugadi va erkin agentga aylandi.
Fortuna Düsseldorf
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 10-yanvarda 2. Fußball-Bundesliga vakili Fortuna Düsseldorf Furuholm bilan shartnoma imzoladi, uning shartnomasi 2014-yilning iyunigacha amal qilardi[2]. Ammo, bir yil oʻtgach, vatandoshi Kristian Kojola bilan „Hallescher“ klubiga ijaraga berildi. Mavsumni sakkizta gol bilan yakunladi va Hallening mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari boʻldi.
Hallescher
[tahrir | manbasini tahrirlash]
2013-yil 26-avgustda Hallescher FC bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[3]. 2013—2014-yilgi mavsumda 12 ta gol urdi va oʻz jamoasining eng yaxshi toʻpurari, Liganing 8-toʻpurari boʻldi[4].
Inter Turkuga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil 7-dekabrda Furuholmning Inter Turkuga qaytishi eʼlon qilindi[5].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Furuholm 2010-yilning yanvarida Finlandiya terma jamoasi safida Ispaniyaning Malaga shahrida Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Hermanni Vuorinen oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda debyut qildi[6]. Milliy terma jamoadagi ilk golini 2011-yilning 10-avgustida Latviyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida, ikkinchi golini 2012-yilning 20-fevralida Avstriyaga qarshi oʻyinda kiritgan[7]. Ilk bor 2012-yilning 25-may kuni Turkiyaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibga kiritilgan[8].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Furuholmning otasi sobiq Finlandiya futbolchisi va Eurosport sharhlovchisi Tapio Furuholm. Oilali, 2014-yil fevral oyida tugʻilgan qizi bor[9].
2020-yilda Furuholm Turku universitetida ijtimoiy fanlarni oʻrganishni boshlagan[10].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Klub | Mavusm | Liga | Mahalliy kuboklar | Yevropa | Jami | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
| Jazz | 2003 | Veikkausliiga | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 |
| Jami | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | ||
| MuSa | 2004 | Kakkonen | 18 | 17 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 17 |
| Jami | 18 | 17 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 17 | ||
| VG-62 | 2004 | Ykkönen | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 1 |
| Jami | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 1 | ||
| Inter Turku | 2005 | Veikkausliiga | 5 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 1 |
| 2006 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | ||
| 2007 | 14 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 14 | 2 | ||
| 2008 | 9 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | 4 | ||
| 2009 | 23 | 11 | 0 | 0 | 2 | 0 | 25 | 11 | ||
| 2010 | 4 | 0 | 5 | 3 | 1 | 0 | 10 | 3 | ||
| 2011 | 33 | 22 | 3 | 1 | 1 | 0 | 10 | 3 | ||
| Jami | 95 | 40 | 8 | 4 | 4 | 0 | 107 | 44 | ||
| Fortuna Düsseldorf | 2011—2012 | 2. Bundesliga | 9 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 |
| Jami | 9 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 | ||
| Hallescher FC | 2012—2013 | 3. Liga | 16 | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 16 | 8 |
| 2013—2014 | 32 | 12 | 0 | 0 | 0 | 0 | 32 | 12 | ||
| 2014—2015 | 35 | 12 | 0 | 0 | 0 | 0 | 35 | 12 | ||
| 2015—2016 | 18 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 19 | 3 | ||
| 2016—2017 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | ||
| Jami | 103 | 35 | 1 | 0 | 0 | 0 | 104 | 35 | ||
| Inter Turku | 2017 | Veikkausliiga | 4 | 2 | 7 | 5 | 0 | 0 | 11 | 7 |
| Jami | 4 | 2 | 7 | 5 | 0 | 0 | 11 | 7 | ||
| Jami faoliyati | 235 | 95 | 16 | 9 | 4 | 0 | 255 | 104 | ||
Xalqaro gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| # | Sana | Manzil | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2011-yil 10-avgust | Riga | 2 — 0 | 2 — 0 | Doʻstona | |
| 2. | 2012-yil 29-fevral | Klagenfurt | 1 — 3 | 1 — 3 | Doʻstona |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
|---|---|---|---|
| Finlandiya | 2010-yil | 1 | 0 |
| 2011-yil | 4 | 1 | |
| 2012-yil | 3 | 1 | |
| 2013-yil | 2 | 0 | |
| Jami | 10 | 2 | |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Veikkausliiga: 2008-yil
- Finlandiya kubogi: 2009-yil
- Finlandiya liga kubogi: 2008-yil
- Saxony-Anhalt kubogi: 2015, 2016
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Timo Furuholm WorldFootball.net saytida
- ↑ „Fortuna verpflichtet Stürmer Timo Furuholm“ (olmoncha). Fortuna Düsseldorf (10-yanvar 2012-yil). 2012-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2012-yil.
- ↑ „Willkommen zurück! Timo Furuholm unterschreibt Zweijahresvertrag“ (olmoncha). Hallescher FC (16-avgust 2013-yil). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2013-yil.
- ↑ „Summary – 3. Liga“. Soccerway (10-may 2014-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Maalitykki Furuholm palaa FC Interiin“ (fincha). Inter Turku (7-dekabr 2016-yil). 2017-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Etelä-Korea kaatoi Huuhkajat“ (fincha). palloliitto.fi (18-yanvar 2010-yil). 2012-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2012-yil.
- ↑ „Mika Ojala A-maajoukkueen valopilkku Itävallassa“ (fincha). fcinter.fi (1-mart 2012-yil). 2016-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-dekabr 2016-yil.
- ↑ „17-vuotias debytoi Huuhkajissa lauantaina“ (fincha). Ilta-Sanomat (25-may 2012-yil). 2014-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Kulttiasemassa Hallescherissa“ (fincha). Turun Sanomat (28-mart 2014-yil). 2014-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2015-yil.
- ↑ von Bernd, Jolitz. „In seinem Heimatland Dieser frühere Fortune wird jetzt Politiker“ (olmoncha). Rheinische Post (26-fevral 2021-yil). Qaraldi: 2-aprel 2021-yil.
- ↑ „Timo Furuholm“. National Football Teams. Qaraldi: 2-aprel 2015-yil.
- ↑ „Timo Furuholm“. Soccerway. Qaraldi: 2-aprel 2015-yil.
- ↑ „Timo Furuholm“ (fincha). palloliitto.fi. 2015-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-aprel 2015-yil.
- ↑ Timo Furuholm National-Football-Teams.com saytida
