Avicii

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tim Berglingdan yoʻnaltirildi)
Avicii

Avicii sahnada, Parij, 2011
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Tim Bergling
8-sentyabr 1989-yil
Vafoti 20-aprel 2018-yil(2018-04-20)
(28 yoshda)
Fuqaroligi Shvetsiya
Janr House
Amplua DJ, produser, elektron musiqachi
Faoliyat yillari 2007-2016
Veb-sayt www.avicii.com

Avicii (talaffuzi: Avichii[1], 8-sentabr, 1989 – 20 April 2018), asl ismi Tim Bergling – shved DJ, remixer va produseridir[2]. Uning debut singli „Seek Bromance“ Belgiya, Fransiya, Niderlandiya, Birlashgan Qirollik, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda yuqori 20 talikka kirdi. 2011-yili Avicii „Levels“ qoʻshigʻini chiqardi (unda Etta Jamesning „Somethingʻs Got a Hold On Me“ ashulasi sempl qilingan), u Hindiston, Xorvatiya, Bosnia, Avstriya, Belgiya, Daniya, Olmoniya, Yunoniston, Irlandiya, Italiya, Niderlandiya va Birlashgan Qirollikda yuqori 10 talikka kirdi, Mojariston, Norvegiya va Shvetsiyada esa birinchilikni oldi.

2011-yilda Avicii DJ Magazine taʼsis etgan Eng Yaxshi DJlar 100 ligida 6-raqamni egalladi[3]. 2012-yili Avicii Miami, Floridadagi Ultra Music Festivalda asosiy ijrochi boʻlib, Madonna bilan sahnaga chiqdi.

Mukofot va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

American Music Awards[tahrir | manbasini tahrirlash]

American Music AwardsABC telekanalida 1973 yilda Dik Klark tomonidan yaratilgan yillik Amerika musiqa mukofotlari shousi. Avicii uchta nominatsiyani oldi va bittasini qo'lga kiritdi.

Yil Nomzod / ish Mukofot Natija
2013[4] Avicii Sevimli elektron raqs musiqasi Yutuq
2014[5] Sevimli elektron raqs musiqasi Nominatsiya
2019 Sevimli elektron raqs musiqasi Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. How To Pronounce Avicii, YouTube
  2. „AVICII: Biography“. The DJ List. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2011-10-09 sanasida arxivlangan)
  3. „DJ Mag“. DJ Mag. 2009-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2011-yil.
  4. "The AMAs Hit A High." Billboard – The International Newsweekly of Music, Video and Home Entertainment 7 December 2013: 16–7. ProQuest. Web. 4 October 2015 .
  5. USA TODAY. „List of winners: 2014 American Music Awards“. USA TODAY (2014-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 10-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]