Tillakoʻzlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tillakoʻzlar (Chrysopidae) -toʻrtqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Koʻzi boʻrtib chiqqan, tillasimon yaltiraydi (nomi ham shundan), moʻylovlari ingichka, uzun, qanoti yoyilganda 4 sm gacha. Tuxumini oʻsimlikning bargi va poyalariga qoʻyadi. Yer sharining Yangi Zelandiyadan boshqa hamma qismida uchraydi. Xarakterli vakili — oddiy tillakoʻzning tanasi 1 sm gacha, yashil tusda. Lichinkalari yirtqich, har xil oʻsimliklar orasida yashab, shira biti, koksidlar, tripslar va kanalarning yosh lichinkalari hamda hasharotlarning tuxumi bilan oziqlanadi. T.dan oʻsimliklar zararkunandalariga qarshi biologik kurash usulida foydalaniladi.