Tilak Balgangadhar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tilak Balgangadhar (1856.25.6, Ratnagiri, Maxarashtra — 1920.1.8, Bombey) — Hindiston milliy ozodlik harakati rahbari, mutafakkir. 1879-yil Puna shahridagi Dekan kollejini tugatgan, huquqshunoslik fanlari bakalavri. 1880-yil Punada doʻstlari bilan mustaqil kollej tashkil qilib, unda oʻquvchilarga milliy vatanparvarlik ruhida taʼlim bergan. 19-asrning 80—90-yillarida T. mamlakatdagi milliy ozodlik harakatining demokratik oqimiga rahnamolik qilgan. Hindiston Milliy kongressi (HMK) soʻl demokratik oqimi tashkilotchisi va rahbari. Uning taʼsirida mamlakatning yirik shaharlarida miting va namoyishlar, ish tashlashlar boshlangan. Inglizlar T.ni terrorchilikda ayblab, bir necha marta (1882, 1897, 1908) qamashgan. 1914-yil turmadan ozod etilgach, gomrul deb atalgan ommaviysiyosiy harakat (Britaniya imperiyasi tarkibida oʻzoʻzini boshqarish huquqiga ega boʻlish uchun kurash)ni tashkil etgan. T. qad. hind adabiyoti Vedalar hamda hind tamaddunining kelib chiqishiga bagʻishlangan ilmiy asarlar yozgan.