Tikanli baliqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tikanli baliqlar (Gasterosteidae) — tikansimon baliqlar turkumi oilasi. 5 urugʻi, 10 ga yaqin turi bor. Atlantika, Tinch okean va Shimoliy muz okeani havzalariga mansub dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan. Tanasining uz. 3— 20 sm. Orqasida 3— 16, qorin tomonida bitta tikan boʻladi (nomi shundan). Tikanli baliqlar 3— 4 yil yashaydi, 1 yilda voyaga yetadi. Bahor va yozda uvildiriq tashlaydi. 60— 400 tagacha tuxum qoʻyadi. Tikanli baliqlarning nasl toʻgrisida gʻamxoʻrligi murakkab rituaddan iborat: erkagi oʻsimlik parchalaridan uya qurib, uyaga tuxum qoʻyadigan bir necha urgʻochisini haydab kiradi; tuxumlari va tuxumdan chiqqan baliqchalarni qoʻriqlaydi. Tikanli baliqlar mayda qisqichbaqasimonlar, hasharotlarning lichinkalari, boshqa baliqlarning uvildiriq va chavoqlari bilan oziqlanib, baliqchilikka qisman zarar yetkazadi. Xoʻjalik ahamiyati kam, faqat 3 ignali Tikanli baliqlar ovlanadi.