Tijorat siri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tijorat Siridan yoʻnaltirildi)

Tijorat siri — korxonalar, tashkilotlarning oʻz ishlab chiqarish., savdo, moliya, ilmiy-texnika faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sir saqlash, oshkor etmaslik huquqi. Tijorat siri rakrbat kurashi vositasi. Korxona Tijorat siri korxona, firma, konsorsium yoki yakka ishlab chiqaruvchi oʻz tovarlarini arzonga tushirishi, ularning sifatini oshirishi, qimmatroq sota bilishi, katta foyda koʻrib, gullabyashnashning sharti. Sir ishlab chiqarish., texnologiya, boshkarish, moliyaviy, yangi materiallarni qoʻllash, boshqalarda boʻlmagan, hayotiy sikli uzun boʻlgan tovarlarni oʻzlashtirish va boshqa faoliyat bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Tijorat siri xaridorlar, umuman, mijozlar bilan boʻlgan aloqaga ham taallukli. Kelishilgan bitishuvlar summasi, sotish shartlari va narxlar ham sir sakdanadi. Tijorat siri va uni oshkor etish, oʻgʻirlash boʻyicha javobgarlik qonun yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Tijorat siri deyarli barcha mamlakatlar qonunchiligi bilan muhofaza qilinadi. Tijorat siri oshkor boʻlib, boshqalar tomonidan oʻzlashtirib olinsa, sir egasi bundan koʻrilgan zararini sud orqali tovon undirib olishi mumkin. Tijorat sirini saqlash maqsadida korxonalar, firmalar, tashkilotlar maxsus xavfsizlik xizmati tashkil etadilar, bu xizmatlar korxona mulki boʻlgan yangiliklarni raqiblarning iktisodiy josusligidan himoya qiladi. Ahmadjon Oʻlmasov.