Tigray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tigray, tigrinnya — som tillari oilasining efiopsom tarmogiga mansub til; Efiopiya va Eritreya davlatlarida tarqalgan. Eritreyaning rasmiy tili. Unda 6 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi. Oʻzaro yaqin akkele guzay, adua, xamasin, tanben, agame lahjalarining qorishmasidan iborat. Fonetik tizimi umumiy som konsonantizmidan ayrim oʻxshash undoshlarning bir undoshga birlashib ketganligi bilan farklanadi. T. leksikasi va sintaksisiga kushit tillari hamda geez, amxar tillari kuchli taʼsir koʻrsatgan (maye. kesim koʻpchilik som tillarida gap boshida kelsa, T.da gap oxirida keladi). T.da oʻziga xos adabiyot va matbuot 20-asrning 40-yillaridan rivojlana boshladi; efiop yozuvidan foydalanadi.