Tigran Barseghyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tigran Barseghyan
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 22-sentyabr 1993-yil (1993-09-22) (30 yosh)
Tavallud joyi Yerevan, Armaniston
Boʻyi 1.79 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Slovan Bratislava
Raqami 11
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 Banants 2 (0)
2009—2011Banants-2 59 (20)
2011—2013 Gandzasar Kapan 6 (0)
2011—2013Gandzasar-2 55 (16)
2014—2015 Mika 38 (9)
2015—2016 Gandzasar Kapan 21 (4)
2016—2018 Vardar 54 (20)
2019—2020 Kaisar 29 (12)
2020—2021 Astana 43 (10)
2022- Slovan Bratislava 17 (6)
Milliy terma jamoa
2014 Armaniston U21 4 (0)
2016- Armaniston 48 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-sentyabr uchun)

Tigran Barseghyan (talaffuzi: Tigran Barsegyan) (1993-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) — Armanistonlik professional futbolchi, Fortuna Ligasi vakili Slovan Bratislava va Armaniston terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Armaniston poytaxti Yerevanda tugʻilgan Barseghyan oʻzining ilk professional faoliyatini Armaniston Premyer-ligasining „Banants“, „Gandzasar Kapan“ va „Mika“ klublari safida oʻynashdan boshlagan. 2016-yil 30-avgustda u chet elga koʻchib oʻtgan va Armanistonlik boshqa futbolchi Ovannes Hambardzumyan oʻynayotgan Makedoniyaning FK Vardar jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

FK Vardarda ikki yarim mavsum oʻtkazgandan soʻng, Makedoniyaning eng mashhur saytlaridan gol.mk[1] va boshqa OAV tomonidan Makedoniya Birinchi Futbol Ligasida oʻynagayotgan eng yaxshi chet ellik oʻyinchilardan biri deb topilgan. Ammo u viza muammolari tufayli klubni tark etgan[2].

2020-yilning 24-yanvarida Qozogʻiston Premyer Ligasining „Astana“ klubi Barsegyan bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilingan[3].

2021-yilning 24-noyabrida Slovan Bratislava Barsegyan bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilingan[4].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barsegyan 2014-yilda Armaniston U21 terma jamoasidan chaqiruv olgan. 2016-yilda u kattalar terma jamoasida debyut qilgan[5]. Tigran 2018/2019-yilgi UEFA Millatlar ligasida Armaniston terma jamoasi safida ishtirok etgan. Tigran Millatlar ligasi doirasida Lixtenshteynga qarshi oʻyinda Armaniston terma jamoasi safida gol urgan va uning jamoasi yakunda gʻalaba qozongan. Tigran Ruminiyaga qarshi kechgan bahsda raqib darvozasiga penaltidan gʻalaba toʻpini kiritgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Mika 2013—2014 Armaniston Premyer Ligasi 14 4 2 0 - - 16 4
2014—2015 24 5 5 1 2 0 - 31 6
Jami 38 9 7 1 2 0 0 0 47 10
Gandzasar Kapan 2015—2016 Armaniston Premyer Ligasi 21 4 4 0 - - 25 4
Vardar 2016—2017 1. MFL 16 7 2 0 0 0 - 18 7
2017—2018 31 9 2 0 12 2 - 45 11
2018—2019 7 4 0 0 2 0 - 9 4
Jami 54 20 4 0 14 2 0 0 72 22
Kaisar 2019 Qozogʻiston Premyer Ligasi 29 12 3 0 - - 29 12
Astana 2020 Qozogʻiston Premyer Ligasi 19 3 0 0 2 0 1 0 22 3
2021 24 7 5 2 4 2 2 1 31 10
Jami 43 10 5 2 6 2 3 1 57 15
Karyerada jami 174 55 23 3 22 4 3 1 230 63

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Armaniston 2016-yil 3 1
2017-yil 8 0
2018-yil 8 1
2019-yil 9 3
2020-yil 6 1
2021-yil 3 2
Jami 37 8
Tigran Barsegyan tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati[5]
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2016-yil 1-iyun StubHub Center, Karson, Amerika Qoʻshma Shtatlari  El Salvador 3-0 4-0 Oʻrtoqlik
2 2018-yil 6-sentyabr Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston  Lixtenshteyn 2-1 2-1 2018-2019 UEFA Millatlar ligasi D
3 2019-yil 8-iyun Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston  Lixtenshteyn 3-0 3-0 UEFA Yevro-2020 saralashi
4 2019-yil 11-iyun Olimpiya stadioni, Afina, Gretsiya  Yunoniston 3-1 3-2 UEFA Yevro-2020 saralashi
5 2019--yil 12-oktyabr Rheinpark Stadion, Vaduz, Lixtenshteyn  Lixtenshteyn 1-0 1-1 UEFA Yevro-2020 saralashi
6 2020-yil 5-sentyabr Toshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya  Shimoliy Makedoniya 1-2 1-2 2020-2021 UEFA Millatlar ligasi C
7 2021-yil 28-mart Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston  Islandiya 1-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
8 2021-yil 31-mart Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston  Ruminiya 3-2 3-2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Banants Yerevan

  • Armaniston Premyer-ligasi 2-oʻrin sohibi: 2010—2011, 2011—2012
  • Armaniston kubogi sohibi: 2009—2010, 2010—2011
  • Armaniston Superkubogi sohibi : 2010—2011

Mika

  • Armaniston kubogi sohibi: 2014—2015

Vardar

  • Makedoniya Birinchi ligasi : 2016—2017

Slovan Bratislava

  • Fortuna Liga : 2021—2022

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]