Tibbiyot parazitologiyasi instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Isayev nomidagi Oʻzbekiston tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tadqiqot instituti — parazitar kasalliklar (rishta, bezgak, spiroxetoz va boshqalar)ning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolash masalalarini oʻrganadigan ilmiy muassasa. Buxoro tropik instituti nomi bilan 1923-yilda tashkil qilingan. 1925-yilda Oʻzbekiston tropik tibbiyot instituti degan nom berildi va 1931-yilda Samarqand shahriga koʻchirildi. 1940-yildan Oʻzbekiston bezgak va tibbiyot parazitologiyasi instituti, 1958—69 yillarda Oʻzbekiston eksperimental tibbiyot parazitologiyasi va gelmintologiyasi ilmiy tadqiqotlar instituti nomi bilan yuritiladi. Institutga 1924—64 yillarda professor L. M. Isayev rahbarlik qilgan.

Ilgari,keng tarqalgan rishta, bezgak, spiroxetoz kabi kasalliklar, keyinchalik ichki organlar va shahar tipidagi teri leyshmaniozi institut xodimlarining samarali mehnati tufayli batamom tugatildi. Institut olimlari gelmintozlar, leyshmaniozlar va boshqa kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va yoʻqotish ustida tadqiqot olib bormoqdalar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil