Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) (Oʻzbekistonda) — nogironlik, uning sabablari va darajasini, doimiy yoki uzoq muddat mehnat qobiliyatini yoʻqotganlikni hamda kasallik, anatomik nuq-son va boshqa natijasida mshnat qobiliyati pasayganligini aniqlaydigan komissiya.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida tibbiy-mehnat ekspertiza inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh. Markaziy tibbiy-mehnat eks-pertiza komissiyalari, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan boshlangʻich TMEK boʻlimlaridan tashkil topgan. TMEK faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 y. 24 noyabrdagi 317-sonli qarori bilan tasdiqtangan Nizomga muvofiq boshqarib turiladi.

Fuqarolarni TMEK ning koʻrigidan oʻtkazish tegishli davolash muas-sasasining yoʻllanmasi boʻyicha yashash joyida yoki biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasida amalga oshiriladi. Tibbiy tekshirishga 16 va undan katta yoshdagi fuqarolar. ularda pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, davolash muassasasining yoʻllanmasi (88-shakl). kasallik tarixidan koʻchirma, mehnat turi va sharoitlari haqidagi maʼlumotlar boʻlgan taqdirda qabul qilinadi.

.TMEK nogironlarni 6 oyda bir. ayrim hollarda ikki yilda bir marta qayta koʻrikdan oʻgkazadi. TMEK koʻrikdan oʻtkazayotgan shaxslarning kasallik tashhisini aniqlash va salomatligini tiklash uchun ularni davolash muassasalariga yuborish, rasmiylashtirilgan hujjatlar shubha tugdirganda maslahat olish maqsadida Oʻzbekiston nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markaziga yuborish huquqiga ega. Shuningdek, ishga joylashtirishning TMEK tavsiyanomalariga muvofiqgigini hach tekshiradi. .TMEK xulosasi asosida nogironligi aniqtangan kishilarga davlat qonuniga muvofiq nafaqa tayinlanadi.

Oʻzbekistonda 115 boshlangʻich, 27 markaziy va 38 ta ixtisoslashtirilgan .TMEK mavjud (2005).

Nosir Muhammadjonov