Thomas Johann Seebeck

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Thomas Johann Seebeck
Tavalludi 1770-yil 9-aprel
Reval, Rossiya Imperiyasi
Vafoti 1831-yil 10-dekabr (61 yoshida)
Berlin, Germaniya Imperiyasi
Fuqaroligi Germaniya

Thomas Johann Seebeck - nemis fizigi, termoelektr hodisasini kashf qilgan hamda tarixda birinchi termoparani ixtiro qilgan olim.

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Johann Seebeck 1770-yilning 9-aprelida, o‘sha vaqtlarda Rossiya imperiyasiga qarashli bo‘lgan Revill (hozirgi Estoniya davlatining poytaxti Tallin) shahrida tug‘ilgan. Boshlang‘ich taʼlimni Gustaf Adolf nomli gimnaziyada, oily maʼlumotni esa Gettingen universitetida, tibbiyot yo‘nalishida olgan. U avvaliga Yena, Bayreyt va Nyurnberg shaharlarida xususiy t5arzdagi shifokor-vrach bo‘lib ish olib boradi. 1818-yilda esa Berlinga joylashib, ilmiy faoliyatini boshlab yuboradi. Tez orada uni Berlin Fanlar Akademiyasiga aʼzolikka qabul qilishadi.

Izlanishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seebeckning ilk ilmiy muvaffaqiyatlari optika sohasida bo‘lgan. Xususan u farang fizigi Bio bilan deyarli bir vaqtniong o‘zida, bir va ikki o‘qli kristallardagi yorug‘lik qutblanishi hodisasini kashf etadi. Shuningdek uning, akustikaga doir bo‘lgan, tovush chiqarayotgan jismning harakatining, tovush balandligiga taʼsiri borasidagi tadqiqotlari, hamda, Quyuosh spektridagi issiqlik nurlanishlarining taqsimlanishining tadqiqotlariga bag‘ishlangan izlanishlari, katta shuhrat keltirgan. Bundan tashqari olim, yorug‘likning jismlarga o‘tkazadigan kimyoviy taʼsiri borasidagi izlanishlari ham maʼlum.

Termoelektr hodisasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Estoniyaning Tallin shahrida Seebeck sharafiga oʻrnatilgan lavha

Tomas Johann Seebeck ochgan va hozirgi kunda ham o‘zining katta samaradorligi bilan afzalliklarini namoyon qilib kelayotgan eng ajoyib kashfiyot esa bu termoelektr hodisasidir. Unga ko‘ra, ikki xil turli jinsli metallar juftligidan tayyorlangan o‘tkazgich simlardan iborat termojuftlikning o‘zaro kavsharlangan bir uchini issiqlik obyektiga tushirilsa, issiqlik taʼsirida simlarda elektr yurituvchi kuch (EYuK), simlarning erkin uchlarida esa potensiallar farqi yuzaga keladi. Ushbu farqni (kuchlanishni) o‘lchash orqali, obyektdagi harorat haqida maʼlum axborotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Ushbu effekt fanda, olimning sharafiga, uning nomi bilan „Seebeck effekti“ deb atala boshladi va Iogann Zeebek, termopara asbobining ilk ixtirochisi sifatida tarixda qoldi. Seebeck 1821-yilda yasagan ilk termopara, mis-vismut juftligidan iborat bo‘lgan. Uning 1821-yilda Prussiya Fanlar Akademiyasiga taqdim qilgan „Baʼzi rudalar va metallarda, haroratlar farqi yuzaga kelgan sharoitlarda paydo bo‘luvchi magnit qutblanishi masalalari“ nomli asarida, o‘zining mazkur sohaga oid tajribalari va natijalarini bayon qilgan bo‘lib, ushbu ish, Prussiya Fanlar Akademiyasining 1822-yildagi hisobotlarida chop etilgan.

Seebeck effekti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seebeck effekti — ketma-ket ulangan turli oʻtkazgichlardan iborat elektr zanjirda elektr yurituvchi kuch — termoelektr yurituvchi kuch hosil boʻlishi; bunda oʻtkazgichlar oʻrtasidagi kontaktlar har xil tralarda tutib turiladi. „Termoelektr effekt“ deb ham ataladi. Nemis fizigi Thomas Johann Seebeck 1821-yilda kashf etgan. Termoelement yoki termoparalar 3. e. ga asoslangan. 3. e. yuqori tralarni oʻlchash hamda juda kuchsiz tra farqlarini aniklashga tatbiq qilinadi.

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tomas Seebeck oila qurgan va bir nafar farzandning otasi boʻlgan. Oʻgʻlining ism sharifi Lui Frederik edi. U 1825-yilda Berlin Fanlar Akademiyasi va Fransiya Fanlar Akademiyasining aʼzosi boʻldi. Tomas Seebeck 61 yoshida 1831-yil 10-dekabrda Germaniyaning Berlin shahrida vafot etdi.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]