Kontent qismiga oʻtish

The Writer's Harbrace Handbook

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The Writer's Harbrace Handbook
Til inglizcha
Janr(lar)i qoʻllanma
Nashr etilgan sanasi 2001
Nashriyot „Heinle & Heinle Publishers“

The Writer's Harbrace Handbook“ (tarjimasi „Yozish boʻyicha Harbrace spravochnigi“) — ingliz tilida ilmiy maqolalar va boshqa materiallar yozish qoidalarini oʻzida jamlagan spravochnik. Ilk bor 2001-yil „Heinle & Heinle Publishers“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Bir encha marta qayta nashr qilingan. Qoʻllanmaning turli nashrlariga turli shaxslar, jumladan, Cheryl Glenn va Loretta Gray mualliflik qilgan. Asarning toʻliq va qisqa versiyalari mavjud boʻlib, unda akademik asar yozishda keng qoʻllaniladigan APA, Chicago hamda MLA yozish uslublari haqida maʼlumot berilgan.

Qoʻllanma AQSHdagi bir necha OTMda ham oʻqituvchilar, ham talabalar tomonidan keng qoʻllanadi. Qoʻllanmaning oʻqituvchilar uchun moʻljallangan mashq toʻplami ham mavjud[1]. Asar talabalarni mustaqil fikrlay oladigan shaxslar emas, passiv tinglovchilar oʻlaroq koʻrishi tanqidga uchragan[2].

  1. Campbell, Donna M. „Computers and Writing Publications“. Donna M. Cambpbell. Qaraldi: 30-dekabr 2024-yil.
  2. Twomey, Tish (Tyra) „Locating and enacting writerly authority in first-year composition: A textual study of influence and evidence“ (inglizcha). Syracuse University (2010). Qaraldi: 30-dekabr 2024-yil.