The World Without Us
Asl nomi | The World Without Us |
---|---|
Muallif | Alan Weisman |
Janr | Real voqealarga asoslangan asar |
Til | Ingliz tili |
Nashriyot | St. Martin's Thomas Dunne Books |
Nashr etilgan sanasi | 2007-yil 10-iyul |
Sahifalar soni | 336-bet |
ISBN | 978-0-312-34729-1 |
"The World Without Us" — 2007-yilda amerikalik jurnalist Alan Weisman tomonidan yozilgan va St. Martinʼs Tomas Dunne Books nashriyotida chop etilgan kitob. Kitobda agar yer sayyorasida odamlar toʻsatdan gʻoyib boʻlsa, tabiat va atrof-muhit bilan nima sodir boʻlishi haqida soʻz boradi[1]. Bu Weismanning 2005-yil fevralida chop etilgan „Earth Without People“ maqolasining kitob shaklida chop etilgan variantidir[2]. Kitob asosan muallifning shaxsiy fikrlariga asoslangan yozilgan boʻlib, unda shaharlar va uylarning qanday yomonlashishi, texnogen artefaktlar qancha davom etishi va qolgan hayot shakllari qanday rivojlanishi haqida maʼlumot keltirilgan. Weismanning xulosasiga koʻra, turar-joylar 500 yil ichida oʻrmonlarga aylanadi va radioaktiv chiqindilar, bronza haykallar, plastmassalar va Rushmor togʻi Yerda eng uzoq mavjud boʻladigan narsalar sifatida aytib oʻtilgan.
Toʻrtta kitob, jurnallar va koʻplab maqolalar muallifi Weisman akademiklar, olimlar va boshqa rasmiylar bilan suhbatlashish uchun bir qancha davlatga sayohat uyushtirdi. U tabiiy muhitning taʼsirini tushuntirish va asoslash uchun ushbu suhbatlardan iqtiboslar keltirdi. Kitob koʻplab mamlakatlarda tarjima qilindi va nashr etildi. Bu kitob AQSHda eng muvaffaqiyatli kitoblardan biri boʻldi. 2007-yil sentabr oyida New York Times Best Seller roʻyxatida 6-oʻrin[3] va San-Fransisko Chronicle bestsellerlari roʻyxatida 1-oʻrinda[4] eʼtirof etildi. Kitob Time[5] va Entertainment Weekly jurnallarining 2007-yildagi top 10 real voqealarga asoslangan kitoblari oʻrtasida 1-oʻrinni egalladi.
Asar haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yerning aholi punktlarining qisqarishi oqibatlarini oʻrganish gʻoyasi oʻnlab yillar davomida ilmiy-fantastik romanlarda muntazam ravishda aytilgan. Umuman olganda, adabiyotlarda insoniyat tugaganidan keyin sivilizatsiya taqdirini koʻpincha tasavvur qilishga harakat qilingan. Haqiqatan ham, 1949-yilda chop etilgan mashhur „Earth Abides“ romani pandemiyadan keyin shahar tizimlari va tuzilmalarining ishdan chiqganligi haqida gap ketadi. „Dunyoda hech qanday mavjudotlarsiz nima sodir boʻlardi?
“The World Without Us" kitobida nisbatan koʻproq ekologik muammolar yoritilgan. Muallif Alan Weisman "The World Without Us" kitobni yozishdan oldin toʻrtta kitob yozgan edi. Jumladan, 1998-yil Gaviotas: A Village to Reinvent the World, kitobi. Unda Kolumbiyadagi Gaviotas eko-qishloqi haqida maʼlumotlar keltirilgan. 1999-yilda yozilgan "An Echo In My Blood", muallifning oilasini Ukrainadan AQShga koʻchib kelgani haqida hikoya qilinadi. Alan Weisman Amerika jurnallari va gazetalarida xalqaro jurnalist boʻlib ishlagan va kitob yozilayotgan vaqtda Arizona universitetining jurnalistika va Lotin Amerikasi tadqiqotlari boʻyicha dotsenti boʻlgan. Ushbu lavozimda ishlayotgan vaqtda undan bahorgi semestrda faqat bitta dars oʻtishi va yilning qolgan qismida tadqiqot olib borishi uchun sayohat qilish imkoni berildi[6].
„The World Without Us“ kitobini yozish gʻoyasini Weismanga 2004-yilda Discover muharriri Josie Glausiusz tomonidan taklif qilgan. U bir necha yil davomida bu gʻoyani oʻylab yurgan va Chernobilning tashlab ketilganidan sakkiz yil oʻtgach, 1994-yilda Harper’s jurnalida chop etilgan „Journey through a Doomed Land“ maqolasini qayta oʻqib chiqib Weismanga bu mavzuda maqola yozishni taklif qiladi[7]. Kitob 2005-yil Discover[8] jurnalining fevraldagi sonida chop etiladi va 2006-yil The Best American Science Writing nashriyotida qayta nashr etilgan „Earth Without People“ nomli maqolasida Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasida tabiat qanday gullab-yashnaganligi va Nyu-York shahrining atrof-muhiti tabiati qanday ifloslanayotganligi tasvirlangan[2].
Bu maqolani kitobga aylantirish uchun Weisman St. Martinʼs matbuotida muharrir va noshir topadi. 23 betlik bibliografiya qismida uning Los-Anjeles Times jurnali uchun yozgan Antarktida ozon teshigidagi „Naked Planet“ va Maya sivilizatsiyasi haqida „The Real Indiana Jones“ ikkita maqolasi chop etildi[9]. Qoʻshimcha tadqiqotlar qilish uchun Weisman Angliya, Kipr, Turkiya, Panama va Keniyaga davlatlariga sayohat qilgan. Kitobda keltirilgan akademiklar bilan intervyular oʻtqazildi. Jumladan: Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasi biologi E.O. Wilson[10], plastmassa chiqindilar boʻyicha arxeolog William Rathje[11], o‘rmon botanigi Oliver Rackham[12], halokatga uchragan Mayya sivilizatsiyasi boʻyicha antropolog Artur Demarest[13], evolyutsiya boʻyicha paleobiolog Duglas Ervin[14], faylasuf Nik Bostrom[15].
Sujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kitob 27 bobga boʻlingan boʻlib muqaddima, epilog, bibliografiya va indeks dan iborat edi. Har bir bobda plastmassalar, neft infratuzilmalari, yadroviy inshootlar va sanʼat asarlarining potensial taqdiri kabi mavzular olib chiqilgan.
Weisman oʻzining tajribasidan kelib chiqib ikkita mavzuga urgʻu bergan: agar insonlar toʻsatdan yoʻq boʻlib qolsa tabiat qanday xolatda boʻladi va odamlar oʻzlaridan keyingi avlodga qanday meros qoldiradilar. Weisman oʻzining kitobida Białowieża oʻrmoni, Kingman rifi va Palmira Atoll kabi joylarni inson aralashuvi kam boʻlgan joylardan sifatida eʼtirof etgan. Weisman biolog E.O. Willsondan intervyu oladi. 1953-yildan beri kam odam kirib kelgan Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasi Koreya Ekologik Harakat Federatsiyasi aʼzolari bilan tashrif buyuradi[16]. U oldin bu hududda oʻsimliklar va hayvonlarning evolyutsiyasi, hayot qanday rivojlanishi mumkinligini tasavvur qilishga harakat qiladi, lekin Douglas Erwinning „Dunyoda 5 million yildan keyin nima boʻlishini taxmin qilishimiz mumkin“ degan izohini taʼkidlaydi[17]. Bir nechta boblar yirik oʻrmonlarga bagʻishlangan boʻlib, Weisman ularning koʻpayishini taxmin qiladi.
Oldingi maqolalardagi materiallar foydalangan xolda Weisman Maya sivilizatsiyasining taqdiridan kelib chiqib, tabiat muhiti qanday yemirilishini koʻrsatib beradi[18]. Weisman gidrologlar va xodimlar bilan suhbatida Panama kanali toʻgʻonlaridan oʻrmon oʻsimliklari va loyni uzoqroq tutishni aytib oʻtadi[19]. Weisman Chernobil va Kiprning Varosha (1974-yilda tashlab ketilgan) shaharlarini tashlab ketilgan tashlandiq joylar sifatida tasvirlaydi. Weisman bu shaharlarning tuzilmalari, ob-havosi boshqa hayot shakllarini parchalashi mumkinligini aniqladi. Turkiyada Weisman tez rivojlanayotgan Istanbulning qurilish sohasini haqida fikrini bildirib oʻtadi. Istanbulda uy-joyga boʻlgan talab katta boʻlganligi sababli, uning katta qismi mavjud boʻlgan har qanday material bilan tezda binolar qurilib ketishini va kuchli zilzila yoki boshqa tabiiy ofatlarda bu binolar qulashi mumkinligi haqida aytib oʻtadi[20]. Weismanning taʼkidlashicha, suv tomchilari miltillab oqganida atrofidagi tomga tushadi va yogʻochni yemiradi. Bu yoʻgʻoch uylarning parchalanishiga sabab boʻladi. 500 yildan keyin idishlar, zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan jihozlar va plastik tutqichlar faqat alyuminiydan boʻladi deb aytib oʻtgan.[21] Weisman kitobning xolasa qismini bir bolalik siyosat haqidagi fikrlari bilan yakunlaydi. U buni „ajabtovur chora“ ekanligini aytgan[22]. U shunday taʼkidlaydi[23]:
“ | Xulosa shuki, resurs bazasini haddan tashqari kengaytirgan har qanday tur populyatsiyasi halokatga uchraydi. Koʻpayishimizni cheklash juda qiyin, ammo isteʼmol instinktlarimizni cheklash bundan ham qiyinroq boʻlishi mumkin. | ” |
— Alan Weisman |
Nashr etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kitob birinchi marta 2007-yil 10-iyulda Amerika Qoʻshma Shtatlarida St. Martinʼs Tomas Dunne Books, Buyuk Britaniyada Virgin Books va Kanadada HarperCollins nashriyotlari tomonidan nashr etilgan. Qogʻoz muqovali versiyasi 2008-yil iyul oyida chiqarilgan. U Daniyada Borgen tomonidan Verden uden os, Fransiyada Groupe Flammarion tomonidan Homo disparitus[24], Germaniyada Piper tomonidan Die Welt ohne uns[25], Portugaliyada Estrela Polar tomonidan O Mundo Sem Nós[26],Italiyada Einaudi tomonidan Il mondo senza di noi [27], Polshada CKA tomonidan Świat bez nas[28] va Yaponiyada Hayakawa nashriyoti tomonidan Jinrui ga kieta sekai[29] nomi bilan tarjima qilingan va nashr etilgan.
Pete Garceau Amerikadagi nashri uchun muqova rasmini yaratgan, tanqidchilardan biri „oʻquvchilarni xavotirga solmaslik uchun shakar bilan qoplangan shirinlikning qalin qatlami“ deb aytdi. Ellen Cipriano tomonidan tarjima qilingan Kanada versiyasi Amerika versiyasiga oʻxshaydi, lekin muqova qismi illustratsion multifilm rasmiga oʻxshaydi. Xalqaro nashrlarda muqova rasmlari tabiat muhiti bilan ifloslanayotgan muhitni aks ettiradi. Kitob Adam Grupper tomonidan oʻn soatlik audio kitob xolatiga keltirildi va Macmillan Audio, BBC Audiobooks tomonidan ingliz tilidagi audiokitob sifatida nashr etildi[30][31]. AudioFile audio prezentatsiyaga oʻzining Earphones mukofotini berdi va Grupperning oʻqishini samimiy va muvozanatli deb atadi va shunday yozdi: „Hech qachon sensatsiyaga berilmaslik, har doim obektiv va flegmatik boʻlish kerak. Grupper tushkunlikka tushirishi mumkin boʻlgan mavzuni oldi va uni tinglashni toʻxtatib boʻlmaydigan audio kitobga aylantirdi“[32].
Kitob muvaffaqiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kitob chiqishi bilan Weisman Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada, Lissabon va Bryusselda oʻzining kitob taqdimotini oʻtkazdi[33]. Weisman kitob haqida The Daily Show va The Today Show telekanallariga intervyu berdi va Weekend Edition, Talk of Nation, The Diane Rehm Show, Living on Earth, Marketplace va As it Happens nashrlarida radio intervyu berdi[34]. Shu bilan birga, kitob 2007-yil 29-iyulda [35] top 10 real voqealarga asoslangan kitoblar orasida New York Times Best Seller roʻyxatida 1-oʻrinni oldi[36]. 2007-yil 12-avgust va 9-sentyabrda 6-oʻrinni egalladi[3][37]. Kanada bozorida u 10 hafta davomida The Globe and Mailning real voqealarga asoslangan kitoblar roʻyxatida kirdi va 2007-yil 11-avgustda 3-oʻrinda qayd etildi[38][39]. Kitob 2007-yil 23-sentabrda San-Fransiskoda eng ko‘p sotilgan kitoblari ro‘yxatida 1-o‘ringa chiqdi[4]. Hafta davomida USA Today jurnalining eng koʻp sotilgan 150 ta kitoblari ichida 48-oʻrinni egalladi[40]. Library Journal sharhlovchilari kitobni barcha atrof-muhit toʻplamlari va audiokitoblarni koʻpchilik jamoat va akademik kutubxonalar audiokitoblari toʻplamlari uchun tavsiya qildilar[41][42]. Kitob Time[5] va Entertainment Weekly jurnallarining 2007-yildagi eng yaxshi top 10 real voqealarga asoslangan kitoblar roʻyxatida 1-oʻrinni egalladi va Gudson Booksellers kompaniyasining „2007-yilda nashr etilgan eng yaxshi kitoblari“ roʻyxatiga kiritilgan.[43][44] „2007-yilning eng yaxshi kitoblari“ roʻyxatida kitob Qoʻshma Shtatlarda 4-oʻrinni, Kanadada 1-oʻrinni egalladi[45][46].
Adabiy uslubi yaxshi yozilganligi, baʼzan qoʻrqinchli, lekin mos til bilan yozilganligi odamlar tomonidan ijobiy qabul qilindi[47]. Hatto Michael Grunwaldning The Washington Post gazetasidagi sharhida „har doim tushunarli, baʼzan oʻziga toruvchi“ deb taʼkidlangan[48]. The New York Times Book Review nashrida Jennifer Shuessler Weismanning „Uning vaqti-vaqti bilan eʼtiborga olinmaydigan ritorika sanʼatini“ aytib oʻtadi[49]. Plain Dealer kitob muharriri Karen Longning taʼkidlashicha, Weisman „yaxshi ilmiy yozuvchi ekanligini, shoshma-shosharliksiz tilidan foydalanashi va kutilmagan manbalar va provokatsion faktlarni topish mahoratini koʻrsatadi“[50].
Baʼzi tanqidchilar tomonidan aniq bir nuqtai nazarning yoʻqligi kitobning dolzarbligiga putur etkazdi deb aytishdi[50]. Robert Braile The Boston Globe gazetasida shunday yozadi, u „ kitob haqiqiy kontekstga ega emas … bu fantaziyani aniqlashtirish uchun hech qanday mantiqiy asos yoʻq“ deb taʼkidlaydi[51]. The Washington Post gazetasidagi Michael Grunwald ham bu fikrni shubha ostiga qoʻydi: „Insondan keyingi dunyoda inson izini tasavvur qilish qiyin“ deb taʼkidlaydi[48].
Kitobning atrof-muhitga eʼtibor qaratilishi haqida ekanligi ham baʼzilar tomonidan tanqid qilindi. Amerikalik tanqidchi Christopher Orlet „bu yashillarning notoʻgʻri, ekstremistik qarashlarining yorqin namunasidir“ deb yozgan. Brailening fikricha, kitob „ekologlarning dahshatli tushi boʻlishi mumkin“ deb taʼkidlaydi[51]. Ekolog Alex Steffen kitobda hech qanday yangilik yoʻq deb taʼkidlaydi [52]. Kitobni „Jeremiad“ deb atagan ikki tanqidchi oxir-oqibat unga ijobiy baho berdi[47][53]. The Guardian „Biz ushbu kitob davomida insoniyatning Yerdan yoʻq boʻlib ketishini yaxshi his qilishni oʻrganamiz“ deydi[54].
Boshqa tanqidchilar atrof-muhit nuqtai nazarini olqishladilar. Janubiy Florida shtatidan Chauncey Mabe Sun-Sentinel kitobni "soʻnggi xotiradagi eng qoniqarli ekologik kitoblardan biri deb ataydi[55].
Janri[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kitob real voqealarga asoslangan kitoblar qatoriga kiritilgan, ammo baʼzi sharhlovchilar uni fantastika sifatida taʼkidlashadi[56]. Boshqa atrof-muhitga bagʻishlangan kitoblari singari, u ham insoniyatning sayyoraga taʼsirini muhokama qiladi[57]. Shunga oʻxshash mavzularga bagʻishlangan boshqa kitoblar ham bor edi masalan, Gregori Benfordning 1999-yildagi „Deep Time: How Humanity Communicates Across Milennia“ kitobi, Herbert Wellsning 1898-yilda yozilgan „The War of the Worlds“ va John Wyndhamning 1951-yil yozilgan „The Day of the Triffids“, kabi ilmiy fantastika kitoblaridir. Sivilizatsiyaning yemirilishidagi shunga oʻxshash kitoblardan biri 1949-yilda yozilgan Berkeley ingliz professori Jorj R. Styuartning „Earth Abides“ ilmiy-fantastik romanida batafsil bayon etilgan.
Weisman oʻz yondashuvida, inson elementini yoʻq qilish, odamlar notoʻgʻri ish qilyapti yoki ular oʻlib ketadi degan „qoʻrquv omilini“ yoʻq qildi. Muallifning tavsiyasi boʻyicha, kitobni fantaziya sifatida o‘qish nazarda tutilgan. Spikeddan Josie Appleton kitobni „tabiatning bugungi romantiklashuvi“ bilan bogʻladi. Appleton shuningdek, kitob tabiiy kuchlarning tasodifiyligini taʼkidlab, „Tabiat yaxshi biladi“ tushunchasiga qarshi ekanligini his qildi[58].
Weismanning ilmiy xulosalarni asoslash uchun ilmiy va professional idoralar bilan intervyulardan foydalanadi[59]. Richard Fortey kitobni Jared Diamond, Tim Flanneri va EO Willson asarlari bilan taqqoslaydi va "The World Without Us" insonning qashshoqligi, kambagʻal oʻquvchini qamrab oladigan gʻamginlik va azob-uqubatlarni keltirib chiqarishdan qochadi' deb yozadi.[60] Mark Lynas "New Statesman" jurnalida taʼkidlaganidek, „koʻpchilik atrof-muhitga oid koʻp kitoblar toʻplangan lekin kitoblardan odamlar yomon xabarlar ogʻirligi ostida choʻkib ketgan boʻlsa-da, “The World Without Us" kitobi odamlar uchun ijobiy maʼlumotlarga boy koʻrinadi"[57].
Ommaviy maʼdaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]
- The Earth After Us inson turlarining geologik merosini oʻrganadi.
- There Will Come Soft Rains Sara Teasdalening 1920-yilgi sheʼri.
- After Man: A Zoology of the Future, 50 million yil oʻtgach insoniyat yoʻq boʻlib ketganidan keyinYerdagi hayot evolyutsiyasini koʻrib chiqadi.
Xuddi shu mavzuga oid bir nechta telekoʻrsatuvlar boʻlgan: [61]
- Odamlardan keyin hayot, agar odamlar bir zumda yoʻq boʻlib ketsa nima boʻlishini koʻrsatadi.
- Natija: Population Zero yuqoridagi bilan bir xil, ammo baʼzi narsalar haqida batafsilroq maʼlumot beradi.
- "Kelajak yovvoyi" filmi bizning gʻoyib boʻlishimizni tushuntirishga intilmasa ham, Yerdagi hayot (odamlarsiz) qanday rivojlanishini koʻrsatadi 5, 100 va 200million yil kelajakda.
The World Without Us kitobidan ilhomlangan xolda 2009-yilda Kinetics & One Love tomonidan „The High Line“ xip-xop qoʻshigʻi, Nyu-York shahri binolari, qayta tiklayotgan daraxtlar va oʻsimliklar tasvirini aks ettiruvchi yashil rangga qarshi, oʻrmonlarni kesish jarayoni aks etgan.
The World Without Us kitobidan ilxomlangan xolda 2013-yil „The Last of Us“ video oʻyini yaratiladi[62].
2017-yilgi NieR: Automata video oʻyini The World Without Us kitoda taʼkidlangan Yerni bir necha yuz yillar davomida insoniyatdan uzilib qolgan sahnalarini olib chiqadi.
2009-yilda 20th Century Fox studiyasi kinofilm yaratish niyatida kitobga boʻlgan huquqlarni sotib oldi[63].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Weisman, Alan (2007-07-10), The World Without Us, New York: Thomas Dunne Books/St. Martin's Press, ISBN 978-0-312-34729-1, OCLC 122261590
- ↑ 2,0 2,1 Weisman, Alan (February 2005), „Earth Without People“, Discover Magazine, 26 (2): 60–65, qaraldi: 2007-11-10
- ↑ 3,0 3,1 „Best Sellers: Hardcover Nonfiction“, The New York Times, 2007-09-09, 2009-04-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-02
- ↑ 4,0 4,1 „San Francisco Chronicle Best-Sellers: Nonfiction Bay Area“, San Francisco Chronicle, 2007-09-23, qaraldi: 2007-11-02
- ↑ 5,0 5,1 Poniewozik, James; Top 10 New TV Series; time.com
- ↑ Williams, Wilda (2007-05-15), „The Lonely Planet“, Library Journal, Reed Business Information, 132 (9): 112, doi:10.7748/ns.12.52.34.s50, ISSN 0363-0277, PMID 9847788
- ↑ Weisman (2007), 277.
- ↑ Weisman, Alan (February 2005), „Earth Without People“, in Gawande, Atul; Cohen, Jesse (muh.), The Best American Science Writing (2006-nashr), New York: Harper Perennial (September 5, 2006da chop etilgan), 28–36-bet, ISBN 978-0-06-072644-7
- ↑ Weisman (2007), 289-311.
- ↑ Weisman (2007), 129, 189-190.
- ↑ Weisman (2007), 119-120.
- ↑ Weisman (2007), 150-151.
- ↑ Weisman (2007), 224-229.
- ↑ Weisman (2007), 229-232.
- ↑ Weisman (2007), 240-244.
- ↑ Weisman (2007), 183–188.
- ↑ Weisman (2007), 232.
- ↑ Weisman (2007), 223–8.
- ↑ Weisman (2007), 173–178.
- ↑ Weisman (2007), 103–105.
- ↑ Weisman (2007), 18.
- ↑ Weisman (2007), 272.
- ↑ Alan Weisman. „Book World“ (Interview). The Washington Post Company (31-iyul 2007-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2007-yil.
- ↑ Weisman, Alan (2007-05-04), Homo disparitus (fransuzcha), Paris: Groupe Flammarion, ISBN 978-2-08-120493-5
- ↑ Weisman, Alan (August 2007), Die Welt ohne uns (nemischa), Munich: Piper Verlag GmbH, ISBN 978-3-492-05132-3
- ↑ Weisman, Alan (2007), O Mundo Sem Nós (portugalcha), Cruz Quebrada: Estrela Polar, ISBN 978-85-7665-302-8
- ↑ Weisman, Alan (2008), Il mondo senza di noi (italyan), Turin: Einaudi, ISBN 978-88-06-19137-5
- ↑ Weisman, Alan (2007), Świat bez nas (polyakcha), Gliwice: CKA, ISBN 978-83-60206-90-4
- ↑ Weisman, Alan (2008), Jinrui ga kieta sekai (yapon), Tokyo: Hayakawa, ISBN 978-4-15-208918-2
- ↑ „The World Without Us“. Macmillan Audio (2007). 26-dekabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-noyabr 2007-yil.
- ↑ „The World Without Us“. BBC Audiobooks America (2007). 16-dekabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-noyabr 2007-yil.
- ↑ „Current Reviews: Contemporary Culture – The World Without Us“, AudioFile, AudioFile Publications, October–November 2007, 2007-12-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-12-06
- ↑ „World Without Us: Tour Dates“. St. Martin's Press / Thomas Dunne Books (26-oktabr 2007-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2007-yil.
- ↑ „World Without Us: Podcasts & Videos“. St. Martin's Press / Thomas Dunne Books (2007). Qaraldi: 2-noyabr 2007-yil.
- ↑ „Best Sellers: Hardcover Nonfiction“, The New York Times, 2007-07-29, 2011-05-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-02
- ↑ „Best Sellers: Hardcover Nonfiction“, The New York Times, 2007-09-30, qaraldi: 2007-11-02
- ↑ „Best Sellers: Hardcover Nonfiction“, The New York Times, 2007-08-12, 2009-04-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-02
- ↑ „Hardcover bestsellers“, The Globe and Mail, CTVglobemedia, 2007-08-11
- ↑ „Hardcover bestsellers“, The Globe and Mail, CTVglobemedia, 2007-09-29
- ↑ „This week's top 150 best sellers“, USA Today; Best-Selling Books Database, 2007-10-28, qaraldi: 2013-10-24. Requires navigation to October 28, 2007 or The World Without Us entry.
- ↑ Sapp, Gregg (2007-05-15), „The World Without Us“, Library Journal, Reed Business Information, 132 (9): 113, ISSN 0363-0277
- ↑ El, I. Pour (2007-09-15), „The World Without Us“, Library Journal, Reed Business Information, 132 (15): 99, ISSN 0363-0277
- ↑ Kate Harrison. „UA Journalism Prof Collecting Year-end Kudos for Book“. University of Arizona (14-dekabr 2007-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2007-yil.
- ↑ Hudson Group (23-oktabr 2007-yil). „Hudson Booksellers Announces the Best Books of 2007“. Press-reliz. Qaraldi: 2-noyabr 2007-yil.
- ↑ „Best Books of 2007: Editors' Top 100“. Amazon. 28-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-dekabr 2007-yil.
- ↑ „Editors' Picks: 2007's Top 25 in Nonfiction“. Amazon.ca. Qaraldi: 20-dekabr 2007-yil.
- ↑ 47,0 47,1 Gary Kamiya. „The World Without Us“. Salon.com (23-iyul 2007-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2007-yil.
- ↑ 48,0 48,1 Grunwald, Michael (July 29, 2007), „What would Earth be like if all the humans died out?“, The Washington Post, qaraldi: 2007-10-31
- ↑ Schuessler, Jennifer (September 2, 2007), „Starting Over“, The New York Times: G12, qaraldi: 2007-10-31
- ↑ 50,0 50,1 Long, Karen (August 19, 2007), „'World Without Us' offers fascinating science read – book review“, The Plain Dealer, Cleveland, Ohio, January 2, 2013da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-10-31
- ↑ 51,0 51,1 Braile, Robert (August 18, 2007), „He imagines a world without people. But why?“, The Boston Globe, qaraldi: 2007-10-31
- ↑ Alex Steffen. „The World With Us“. Worldchanging (23-iyul 2007-yil). 2-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2007-yil.
- ↑ Heinegg, Peter (2007-09-15), „The World Without Us“, America, America Press, 197 (16): 23, ISSN 0002-7049
- ↑ Lezard, Nicholas. „Goodbye to all this“. The Guardian (3-may 2008-yil). Qaraldi: 25-may 2010-yil.
- ↑ Mabe, Chauncey (2007-08-12), „'The World Without Us' by Alan Weisman: Don't think about us when we're gone“, South Florida Sun-Sentinel, 2007-11-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-01
- ↑ Stott, Philip (2008), Book review: The World Without Us By Alan Weisman (PDF), 1-jild, Electronic Journal of Sustainable Development, 17–18-bet, 2011-10-05da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2008-06-17
- ↑ 57,0 57,1 Lynas, Mark (2007-09-27), Back to the future, New Statesman, 53–54-bet, 2007-12-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-12-04
- ↑ Appleton, Josie (July 2007), „Unleashing nature's terror“, Spiked (3), qaraldi: 2007-12-04
- ↑ Weiler, Derek (August 12, 2007), „And the wild things shall inherit the Earth“, Toronto Star, qaraldi: 2007-10-31
- ↑ Fortey, Richard (August 16, 2007), „How would Nature clean up our mess?“, The Daily Telegraph, London, qaraldi: 2007-12-04
- ↑ Tucker, Neely (March 8, 2008), „Depopulation Boom“, The Washington Post: C01, qaraldi: 2008-06-14
- ↑ Grounded: The Making Of The Last of Us
- ↑ „"World Without Us" to be adapted as sci-fi film“. Reuters (2-aprel 2009-yil).