Kontent qismiga oʻtish

The Wonderful Wizard of Oz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ilk nashr muqovasi
Asl nomi The Wonderful Wizard of Oz
Muallif(lar) L. Frank Baum
Bezovchi(lar) W. W. Denslow
Til inglizcha
Janr(lar)i bolalar adabiyoti
Nashr etilgan sanasi 1-sentyabr 1900-yil
Nashriyot „George M. Hill Company“
Keyingisi „The Marvelous Land of Oz“

The Wonderful Wizard of Oz“ (tarjimasi„Oz mamlakatining ajoyib sehrgari“) – L. Frank Baum qalamiga mansub bolalar uchun moʻljallangan roman. Ilk bor 1900-yil bosilib chiqqan. Ilk nashr rasmlarini W. W. Denslow chizgan. Roman Oz mamlakati haqidagi romanlar seriyasidagi birinchi romandir. Asarda tornado uyini uchirib ketganidan keyin Toto ismli iti bilan Oz mamlakatiga tushib qoladigan kanzaslik Dorothy ismli qizaloq haqida hikoya qilinadi[1]. Dorothy moʻjizakor Oz mamlakatiga yetib borganidan keyin Gʻarbning yovuz jodugarini yoʻq qilmasa, vataniga qayta olmasligidan xabar topadi.

„The Wonderful Wizard of Oz“ romani ilk bor 1900-yilning sentyabrida „George M. Hill Company“ nashriyotida tomonidan bosilib chiqqan[2]. 1956-yilda jamoat mulkiga aylanguniga qadar 3 milliondan oshiq adadda sotilgan. Roman koʻpincha „The Wizard of Oz“ qisqa nomi bilan chop etiladi. 1902-yil eʼlon qilingan myuzikl hamda 1939-yil ekranga chiqqan va katta shuhrat qozongan film ham „The Wizard of Oz“ deb nomlanadi[3][4].

Ilk roman hamda 1902-yilgi Broadway myuzikli katta shuhrat qozonishi ortidan Baum qoʻshimcha 13 ta roman yozgan. Bu romanlar „The Wonderful Wizard of Oz“ romanining rasmiy davomi hisoblanadi. Chop etilganidan bir asr oʻtib, roman Amerika adabiyotining eng taniqli asarlaridan biri boʻlib qolmoqda. Kongress kutubxonasi romanni „Amerikaning eng buyuk va eng sevimli mahalliy ertagi“ deya tasvirlagan[5].