The Wind Rises
| Shamol ko‘tariladi | |
|---|---|
| 風立ちぬ (Kaze Tachinu, The Wind Has Risen) | |
![]() Kinoteatr uchun chiqarilgan poster | |
| Rejissyor(lar) | Hayao Miyazaki |
| Prodyuser(lar) | Toshio Suzuki |
| Ssenariynavis(lar) | Hayao Miyazaki |
| Qaysi asarga asoslangan |
Kaze Tachinu (Shamol ko‘tariladi) — Hayao Miyazaki asari |
| Rollarda | Hideaki Anno, Miori Takimoto, Hidetoshi Nishijima, Masahiko Nishimura, Morio Kazama, Keiko Takeshita, Mirai Shida, Jun Kunimura, Shinobu Otake, Nomura Mansai |
| Bastakor(lar) | Joe Hisaishi |
| Kinematografiya | Atsushi Okui |
| Muharrir(lar) | Takeshi Seyama |
| Studiya(lar) | Studio Ghibli |
| Distribyutor | Toho |
| Chiqarilgan sanasi | 20 iyul 2013 (Yaponiya) |
| Davomiyligi | 126 daqiqa[1] |
| Mamlakat |
|
| Til | yapon tili |
| Byudjeti | AQSh$30 million[2] |
| Daromadi | AQSh$136,5 million[3][4] |
The Wind Rises (yaponcha: : 風立ちぬ, Kaze Tachinu) – 2013-yilda yaratilgan yapon animatsion tarixiy drama filmi boʻlib, uni Hayao Miyazaki yozgan va rejissyorlik qilgan. Film Studio Ghibli tomonidan ishlab chiqilgan, Toho kompaniyasi esa tarqatgan. Unga Hideaki Anno, Miori Takimoto, Hidetoshi Nishijima, Masahiko Nishimura, Morio Kazama, Keiko Takeshita, Mirai Shida, Jun Kunimura, Shinobu Otake va Nomura Mansai ovoz bergan.
Hikoya Yaponiyaning aerokosmik muhandisi Jiro Horikoshi hayotiga bagʻishlangan boʻlib, unda qahramonning 1923-yilda Tokio universitetidagi talabalik davridan tortib, 1935-yil 4-fevraldagi Mitsubishi Ka-14 samolyotining ilk sinov parvozigacha boʻlgan muhandislik faoliyati tasvirlanadi[5]. Tarixiy voqealar bilan bir qatorda filmda Horikoshining badiiy talqindagi romantik muhabbati ham aks etgan. Bunda yozuvchi Tatsuo Horining yarim avtobiografik asari The Wind Has Risendan ilhomlangan[6][7]. Ushbu film dastlab Hayao Miyazakining soʻnggi toʻliq metrajli asari boʻlishi rejalashtirilgan edi, biroq u keyinchalik bu qarorini oʻzgartirib, The Boy and the Heron filmini ham suratga olgan[8][9].
The Wind Rises filmi Yaponiyada 2013-yil 20-iyul kuni namoyish etilgan va oʻsha yili mamlakatda eng koʻp daromad keltirgan yapon filmi boʻlgan. Garchi film Osiyo mintaqasida ayrim siyosiy bahs va tanqidlarga sabab boʻlgan boʻlsa-da, u tanqidchilar tomonidan keng eʼtirof etilgan. Film bir nechta yirik mukofotlarga nomzod boʻlgan, jumladan „Eng yaxshi animatsion film“ uchun Oscar mukofoti, Golden Globe mukofotining „Eng yaxshi xorijiy tildagifilmi“ nominatsiyasi va Japan Academy Prizening „Yilning eng yaxshi animatsion filmi“ mukofoti. Soʻnggi mukofotni film qoʻlga kiritgan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1918-yilda yosh Jiro Horikoshi uchuvchi boʻlishni orzu qiladi, biroq uning koʻrish qobiliyatidagi nuqson bu niyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladi. U bir jurnal maqolasidan ilhomlanib, tez-tez tush koʻra boshlaydi. Tushida oʻzi havas qilgan italiyalik samolyot muhandisi Giovanni Battista Caproni bilan birga Capronining samolyotida uchadi. Caproni unga oʻzi hech qachon samolyot uchirmaganini aytadi va „samolyot yasash uni uchirishdan ham goʻzalroq“ deydi. Besh yil oʻtib, Caproni Ca.60 loyihasining muvaffaqiyatsizligidan soʻng, Jiro Tokio imperatorlik universitetida aeromuhandislik yoʻnalishida tahsil olayotgan boʻladi. Bir safar oilasini koʻrib, qaytayotganida, u xizmatkori Kinu bilan sayohat qilayotgan yosh qiz Nahoko Satomi bilan tanishib qoladi. Kutilmaganda Buyuk Kanto zilzilasi sodir boʻladi va Kinuning oyogʻi singadi. Jiro Nahokoni koʻtarib olib, uni xavfsiz tarzda uyiga eltib qoʻyadi. Shundan soʻng ular bir-birlariga ismini aytmasdan xayrlashishadi.
1925-yilda Jiro doʻsti Kiro Xonjo bilan birga universitetni tugatadi va ikkovi ham Buyuk Depressiya davrida Mitsubishi aviatsiya kompaniyasida ish boshlaydi. Ularga Imperatorlik Armiyasi uchun Mitsubishi 1MF9 qiruvchi samolyotini takomillashtirish vazifasi yuklanadi. Sinov paytida samolyot havoda parchalanib ketgani sababli loyiha rad etiladi. Rejalarini oʻzgartirib, Mitsubishi 1929-yilda Jiro va Xonjoni bombardimonchi samolyot qurish maqsadida Junkers G.38 uchun ishlab chiqarish litsenziyasini olish uchun Veymar Respublikasiga joʻnatadi. Hugo Yunkers ularni iliq kutib olsa-da, Xavfsizlik politsiyasi ikki mutaxassisga toʻliq chizmalarni olishga toʻsqinlik qiladi. Yaponiyaning aviatsiya texnologiyasi dunyoning qolgan qismidan qanchalik orqada qolganini koʻrib, Jiro va hamkasblari ruhsizlanadi. Jiro Yaponiyaga qaytadi, Xonjo esa qolib, keyinchalik Mitsubishi G4M ni yaratadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „THE WIND RISES (12A)“. StudioCanal. British Board of Film Classification (1-aprel). 7 aprel 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 aprel 2014.
- ↑ Robles, Manuel. Antología Studio Ghibli: Volumen 2. Barselona: Dolmen Editorial, 2013 — 80-bet. ISBN 978-8415296935. Qaraldi: 21 iyul 2020.
- ↑ „The Wind Rises (2014) – Box Office Mojo“. 4 aprel 2014da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „International Total Gross“. Box Office Mojo. 28 fevral 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart.
- ↑ Green, William; Swanborough, Gordon (August–November 1982). „The Zero Precursor...Mitsubishi's A5M“. Air Enthusiast. № 19. 26–43-bet.
- ↑ „宮崎駿監督「この世は生きるに値する」 引退会見の全文“ (ja). The Nikkei (2013-yil 7-sentyabr). 2016-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
- ↑ Highfill, Samantha (September 6, 2013). „Hayao Miyazaki on his retirement: 'This time I am quite serious'“. Entertainment Weekly. October 21, 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: October 27, 2019.
- ↑ „宮崎駿監督、新作タイトルは「君たちはどう生きるか」:朝日新聞デジタル“. Asahi Shimbun (2021-yil 14-noyabr). 2021-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
- ↑ Piedra, Josh. „Hayao Miyazaki's Final Film Title is How Do You Live?“ (en-US). The Outerhaven (2017-yil 28-oktyabr). 2018-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda The Wind Risesga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Vikiomborda The Wind Rises haqida turkum mavjud |

