Kontent qismiga oʻtish

The Story of Art

Vikipediya, erkin ensiklopediya
1950-yilgi birinchi nashr muqovasi

The Story of Art (tarjimasi: Sanʼat tarixi) — Ernst Gombrich qalamiga mansub boʻlib, qadim zamonlardan to zamonaviy davrgacha boʻlgan sanʼat tarixini qamrab oluvchi tadqiqot asar[1].

Kitob ilk bor 1950-yilda Phaidon nashriyoti tomonidan chop etilgan. U nafaqat tanqidchilikdagi muhim asarlardan biri, balki tasviriy san’atga eng oson kirish imkonini beruvchi qoʻllanmalardan biri sifatida keng eʼtirof etilgan. Asar dastlab yosh kitobxonlarga moʻljallangan edi[2]. Kitobning sakkiz milliondan ortiq nusxasi sotilgan va 30 dan ortiq tillarga tarjima qilingan[3]. 2022-yil holatiga koʻra, The Story of Artning 16 ta nashri chop etilgan[3].

Asar yaratilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanʼatshunos Ernst Gombrich „The Story of Art“dan oldin ham kitob nashr qildirgan. U Ernst Kris bilan karikatura tarixi haqida chop etilmagan bir kitob ustida hamkorlik qilgan va 1936-yilda bolalar uchun jahon tarixi boʻyicha ilk kitobini chop ettirgan[4]. Oʻsha yili Gombrich Venadan Londonga koʻchib oʻtdi va u yerda marhum Aby Warburgning qaydlarini nashrga tayyorlash paytida Warburg instituteda ishladi[5]. Biroq Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Gombrich BBCning Eveshamdagi tinglov markazida efirlarni tarjima qilish uchun ishga yuborildi. Ana shu yerda u Phaidon Press asoschisi Béla Horovitz bilan tanishdi. Urush tufayli nashriyotda chop etish uchun materiallar yetishmayotgan edi va Horovitz yangi qoʻlyozmalar izlab yurgan edi. Gombrich esa Venada boʻlgan payti bolalar uchun sanʼat tarixi kitobining bir necha bobini allaqachon yozib qoʻyganini aytib, shu asarni taklif qildi. Natijada u keyinchalik „The Story of Art“ nomli kitobga aylangan asar uchun avans oldi. Bu kitob 1950-yilda Phaidon tomonidan ilk bor nashr qilindi[5].

„The Story of Art“ koʻpincha sanʼat tarixi faniga qulay va tushunarli kirish imkonini beruvchi asar sifatida taʼriflanadi[4][6][7][5]. Sanʼatshunos T. S. R. Boase, The Times Literary Supplement jurnalida yozar ekan, Gombrich haqida shunday deydi: muallif „suhbat qurayotgandek va samimiy ohangda yozadi.“ Gombrichning oʻzi ham kitob muqaddimasida „oddiy til“ ishlatishga intilganini va „sanʼatshunoslarga xos odatiy terminlar“dan imkon qadar kam foydalanishga harakat qilganini qayd etadi[8].

Jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yilda Phaidon Press tomonidan birinchi marta nashr etilgan va 2022-yilga kelib 16-nashrga yetgan „The Story of Art“ kitobi 8 milliondan ortiq nusxada sotilib, jahon bestselleriga aylandi. Bu kitob 30 dan ortiq tillarga tarjima qilingan[3]. U Time jurnalining „Barcha davrlarning eng yaxshi 100 ta nobadiiy kitobi“ roʻyxatiga kiritilgan[9]. Kitobning dastlabki ikki jumlasi mashhurlikka erishdi: „Aslida sanʼat degan narsa yoʻq. Faqat sanʼatkorlar bor“. Keyinchalik Gombrich bu fikrni kengaytirib, „sanʼat“ soʻzini uning lotincha „mahorat“ maʼnosida tushunishini va „tanadan ajralgan mahorat boʻlishi mumkin emasligini“ taʼkidlagan[10].

Nashrdan chiqqanidan soʻng, „The Story of Art“ kitobi Gombrichning oʻsmirlar uchun yoqimli oʻqiladigan qoʻllanma sifatida yozishni maqsad qilganiga qaramay, oʻquv qoʻllanma sifatida katta salohiyatga ega ekani taʼkidlandi[7][11]. Rassom va sanʼat tarixi professori H. W. Janson kitobni College Art Journal uchun sharhlar ekan, uni „shubhasiz sinf xonalarida juda muvaffaqiyatli taqdir kutmoqda“, deb baholagan. U kitobni sodda va tushunarli tili hamda Gombrichning shaxsiy afzalliklaridan xoli boʻlgan tanlovlari uchun maqtadi, uni ilmiy mezonlar asosida baholadi[11].

The Burlington Magazineda kitob haqida fikr bildirgan rassom va yozuvchi Wilfrid Blunt esa „ The Story of Art“ maʼruza kabi oʻqilishini taʼkidlagan. U bunday ohang tufayli asar talabalar emas, balki ustozlar uchun koʻproq foydali boʻlishini oʻylagan boʻlsa-da, „ The Story of Art“ni „har qanday taʼlim kutubxonasida oʻz oʻrniga ega boʻlishga toʻliq loyiq“ deb eʼtirof etgan.

  1. E. H. Gombrich (2006), The Story of Art, London: Phaidon Press, 978-0-7148-324-70
  2. Gombrich, E. H.. The Story of Art, 14th, Englewood Cliffs, New Jersey: Prentice-Hall, Inc., 1984 — 4-bet. ISBN 0-13-850066-5. 
  3. 3,0 3,1 3,2 of%20clarity%20and%20personal%20insight „The Story of Art | Art | Store | Phaidon“. www.phaidon.com. Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  4. 4,0 4,1 Hope, Charles. „Obituary: Sir Ernst Gombrich: [FOREIGN Edition].“ The Independent, 6 November 2001, pp. 6. ProQuest.
  5. 5,0 5,1 5,2 Peaker, Carol. The story of The Story of Art: Fifty years ago this fall, the world's best-selling art book was born: [National Edition]. National Post (2000-yil 29-iyul).
  6. Boase, Thomas Sherrer Ross. „The History of Art.“ The Times Literary Supplement, no. 2504, 27 January 1950, p. 51. The Times Literary Supplement Historical Archive.
  7. 7,0 7,1 Janson, H. W. (1950). "Review of The Story of Art". College Art Journal 9 (4): 429–430. doi:10.2307/773706. ISSN 1543-6322. https://www.jstor.org/stable/773706. 
  8. Gombrich, E. H.. The Story of Art, 3rd, London: Phaidon Press, 1950. 
  9. Lacayo, Richard (18 August 2011). „Is The Story of Art one of the All-TIME 100 Best Nonfiction Books? TIME thinks so. Check it out“. Time (ingliz (Amerika)). ISSN 0040-781X. Qaraldi: 12 June 2020.
  10. Carrier, David (Summer 1996). "Gombrich and Danto on Defining Art". The Journal of Aesthetics and Art Criticism 54 (3): 279–281. doi:10.2307/431629. 
  11. 11,0 11,1 Blunt, Wilfrid (1950). Gombrich, E. H.; Upjohn, Everard M.; Wingert, Paul S. et al.. eds. "Art History and the Public Schools". The Burlington Magazine 92 (565): 117–118. ISSN 0007-6287. https://www.jstor.org/stable/870280.