The Mirage

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The-Mirage muqovasi

The Mirage (Sarob)“ (arabcha السراب Al-Sarab) — Najib Mahfuzning 1948-yilda yozilgan romani[1]. Roman film sifatida kinorejissiyor Anvar ash-Shinaviy tomonidan as-Sarab („Sarob“) nomi ostida suratga olingan[2]. Mahfuz asarni oʻz qadriyatlariga mos hamda shaxsiy hayotiga bogʻliq roman ekanligini taʼkidlagan. Roman Nancy Roberts tomonidan ingliz tiliga The Mirage nomi ostida tarjima qilingan.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hikoya asosan bosh qahramon Kamelning Qohirada oʻtgan bolaligi haqida hikoya qiladi[3]. Kamel otasidan ajrashgan onasi bilan bobosining uyida yashay boshlaydi. Uning onasi juda mehribon va Kamalni haddan tashqari koʻp erkalar edi, buning natijasida bolakay juda uyatchan va boshqalardan ajralib turadigan boʻlib ulgʻayadi. oʻgʻir turmush tarzi tufayli, Kamel 25 yoshga yetgunicha ham onasi bilan bir toʻshakda yotadi va bu uni har doim hijolatga solib kelgan. Kamel uyatchanligi tufayli maktabda taʼlim olishga qiynaladi. Keyinchalik uuniversitetga ham oʻqishga kiradi, lekin oʻqishni bitira olmay tashlab ketadi.

Shundan soʻng, Kamel davlat ishxonasida ishlay boshlaydi va oʻqituvchilik bilan shugʻullanuvchi bir ayol bilan uchrashib qoladi, keyinchalik u bilan oila quradi, lekin toʻy oqshomida Kamel oʻzining impotent ekanligini bilib oladi va bundan kuchli tushkunlikka beriladi. Kamel oʻzidagi holatni yengish uchun psixiatrga murojaat qiladi va oxir-oqibat bir fohisha bilan jinsiy aloqaga kirishadi. Keyinroq uning onasi va xotini vafot etadi. Kamel esa fohisha bilan munosabatlarini davom ettirishga qaror qiladi va u bilan birga yashay boshlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rasheed El-Enany, Naguib Mahfouz: The Pursuit of Meaning, 2003, p. 61 113490584X „In Mirage (1948) Mahfouz takes a momentary break from old Cairo with its seedy streets to pay a visit to al-Manyal, a decent middle-class area in the south-west of the capital. With the change of habitat there comes naturally a change in the inhabitants: none of the poor company of Midaq Alley here, but a wealthy family of Turkish descent. Unlike in Khan al-Khalili and Midaq Alley, the war has no part here to play …“
  2. Trevor Le Gassick Critical Perspectives on Naguib Mahfouz 1991 p172 0894106597 „The movie of al-Sarab (The Mirage) by Anwar al-Shinawi, succeeds in conveying the educational and critical moral of the novel. The weak directing, however, reduces its artistic effect, and the emphasis on its humorous dimensions fails to.“
  3. Karen Long. „'The Mirage,' the classic Egyptian novel from Naguib Mahfouz, is slyly relevant at age 60“. Cleveland.com (11-sentabr 2009-yil).