The Memoirs of Sherlock Holmes
![]() Ilk nashr muqovasi | |
Muallif(lar) | Arthur Conan Doyle |
---|---|
Bezovchi(lar) | Sidney Paget |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | detektiv hikoyalar |
Nashr etilgan sanasi | 1893-yil (1894-yil sanasi bilan)[1] |
Nashriyot | George Newnes |
Sahifalar soni | 279 |
Avvalgisi | „The Adventures of Sherlock Holmes“ |
Keyingisi | „Baskervillar iti“ |
„The Memoirs of Sherlock Holmes“ (tarjimasi „Sherlock Holmesning memuarlari“) — shotland yozuvchisi Arthur Conan Doyle yaratgan izquvar Sherlock Holmes haqidagi 12 hikoyani oʻzida jamlagan toʻplam. Ilk bor 1893-yil 1894-yil sanasi bilan chop etilgan. Detektiv Sherlock Holmes haqidagi „The Adventures of Sherlock Holmes“ toʻplamidan keyin chop etilgan ikkinchi hikoyalar toʻplami. Har ikki toʻplam uchun rasmlarni Sidney Paget chizgan.
Toʻplamga kiritilgan hikoyalar 1892-yilning dekabridan 1893-yilning dekabriga qadar „The Strand Magazine“ jurnalida eʼlon qilingan. Jurnalda hikoyalar 13-dan 24-ga qadar tartib raqami bilan chop etilgan. Masalan, „Holmesning soʻnggi ishi“ hikoyasi „XXIV.—The Adventure of the Final Problem“ nomi bilan chop etilgan. AQSHda esa „Holmesning soʻnggi ishi“ hikoyasidan boshqa barcha hikoya „Harper's Weekly“ jurnalida eʼlon qilingan. „Holmesning soʻnggi ishi“ esa „McClure's Magazine“ jurnalida chop etilgan.
Doyle „The Memoirs of Sherlock Holmes“ toʻplamini Holmes haqidagi soʻnggi toʻplam oʻlaroq yozgan, shuning uchun „Holmesning soʻnggi ishi“ hikoyasida bosh qahramonni oʻldirishga qaror qilgan. Oʻquvchilar talabi bilan muallif 1901–1902-yillarda „Holmesning soʻnggi ishi“ hikoyasidan oldin sodir boʻlgan hodisalar haqidagi „Baskervillar iti“ romanini yozgan. Keyingi yilda esa „The Return of Sherlock Holmes“ toʻplami chop etilgan. Unda „Holmesning soʻnggi ishi“ hikoyasida Holmes aslida tirik qolgani eʼlon qilingan.
Hikoyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hikoya | Original nomi | Originali ilk bor nashr qilingan sana | |
---|---|---|---|
1 | "The Adventure of Silver Blaze" | 1892-yil dekabr | |
2 | "The Adventure of the Cardboard Box" | 1893-yil yanvar | |
3 | „Sargʻish bashara“ | "The Adventure of the Yellow Face" | 1893-yil fevral |
4 | "The Adventure of the Stockbroker's Clerk" | 1893-yil mart | |
5 | "The Adventure of the Gloria Scott" | 1893-yil aprel | |
6 | „Musgravelar xonadonining udumi“ | "The Adventure of the Musgrave Ritual" | 1893-yil may |
7 | "The Adventure of the Reigate Squire" | 1893-yil iyun | |
8 | "The Adventure of the Crooked Man" | 1893-yil iyul | |
9 | "The Adventure of the Resident Patient" | 1893-yil avgust | |
10 | "The Adventure of the Greek Interpreter" | 1893-yil sentyabr | |
11 | "The Adventure of the Naval Treaty" | 1893-yil oktyabr va noyabr | |
12 | „Holmesning soʻnggi ishi“ | "The Final Problem" | 1893-yil dekabr |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Conan Doyle, Arthur. The Memoirs of Sherlock Holmes. Oxford: Oxford University Press, 1993 — 274-bet.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda The Memoirs of Sherlock Holmes haqida turkum mavjud |
![]() | Kitobga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |