The IT Crowd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The IT Crowd

Jen, Moss va Roy
Janri Vaziyatli komediya
Muallif(lar) Graham Linehan
Rollarda Chris O'Dowd
Richard Ayoade
Katherine Parkinson
Tematik musiqa bastakori Neil Hannon
Mamlakat Birlashgan Qirollik
Til Inglizcha
Qismlar soni 24 (Qismlar roʻyxati)
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar) TalkbackThames
Muharrir(lar) Paul Machliss
Qism davomiyligi 22 daq.
Efirga uzatilishi
Telekanal Channel 4
Tasvir formati 16:9
Ovoz formati Stereo
Translyatsiya davri 3-fevral 2006
Tashqi havolalar
Rasmiy sayti

The IT Crowd (ingl. AT olomon) Buyuk Britaniyaning Channel 4 telekanali uchun suratga olingan sitkom teleserialdir. Rejissor — Graham Linehan, produser — Ash Atalla. Serial katta shirkatning axborot texnologiyalari boʻlimida ishlovchi kompyuterchilar haqida hikoya qiladi.

Teleserial 2006-yil 3-fevralidan beri ekranlarda namoyish etilmoqda. Har bir mavsumda oltitadan qism suratga olinadi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

The IT Crowd voqealari Londonda joylashgan xayoliy „Reynholm Industries“ shirkatida boʻlib oʻtadi. Serialning asosiy qahramonlari — Roy, Moss va Jen shu shirkat yertoʻlasida ishlashadi. Zamonaviy, osmonoʻpar va ozoda shirkat binosidan farqli oʻlaroq yertoʻla iflos, betartibdir. Shirkat nima shugʻullanishi ayon qilinmaydi (faqatgina ITVni sotib olishgani va „ming sakkiz yuz milliard milliard“ foyda topishgani eslatib oʻtiladi).

Ikki texnik — Moss va Roy odamlarga aralashmaydigan geeklardir. Shirkat ishlariga hissalari tegishiga qaramay, boshqa xodimlar ularni yoqtirishmaydi, oʻzlarini ulardan uzoq tutishadi. Jen esa yangi kelgan xodim boʻlib, kompyuter savodxonligi darajasi oʻta past boʻlishiga qaramay, AT boʻlimining rahbari lavozimiga tayinlangandir.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Roy (Chris O'Dowd) — yalqov, ishyoqmas, irlandiyalik AT-muhandis. Ishini bajarmaslik uchun turli bahonalar oʻylab topadi. Gigiena qoidalariga rioya qilmaydi, nosogʻlom ovqatlanadi. Har qismda ATga oid rasm tushirilgan kiyim kiyib keladi.
  • Maurice Moss (tlfz: Moris Moss; Richard Ayoade) — 32 yoshli nerd AT-muhandis. Yigʻilish va ziyofatlarda oʻzini qanday tutishini bilmasa-da, oʻz kasbi va boshqa ilmiy sohalardan juda yaxshi xabardor.
  • Jen Barber (Katherine Parkinson) — AT sohasidan deyarli xabari yoʻq, biroq shirkat boshligʻi, teng darajada kompyuter savodsizi Denholm tarafidan AT-boʻlim rahbari qilib tayinlangan ayol. Stereotipik ayol — poyafzal va erkaklarga oʻch. Roy va Mossning odamlar bilan muomalasini yaxshilamoqchi boʻladi, biroq buning uddasidan chiqolmaydi.

Boshqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Denholm Reynholm (Chris Morris) — Reynholm Industries shirkati rahbari. Yangiliklarga oʻch va har qanday gʻoyani shirkatida tadbiq qiladi (masalan, erkak-ayol aralash hojatxonalar, stressga qarshi maʼruzalar va hk). Xonasida oʻzining portreti osigʻliq turadi. 2-mavsumda moliyaviy ishlarini tekshirish uchun politsiya kelganini eshitib, derazadan oʻzini tashlaydi.
  • Douglas Reynholm (Matt Berry) — Denholmning oʻgʻli va merosxoʻri. Otasining oʻlimidan soʻng shirkatni egallaydi. Yengiltakroq, qoʻli ostida ishlaydigan ayollarga jinsiy tajovuz qilish odati bor (shu tufayli avval sudlangan). Jen bilan yaqinlik qilishga harakat qiladi.
  • Richmond Avenal (Noel Fielding) — Denholmning sobiq yordamchisi, AT-boʻlimda ishlaydi (hoynahoy, serverlarni qoʻriqlaydi). Cradle of Filth musiqasini eshitganidan soʻng goth boʻlib ketgan. Atrofdagilarning kayfiyatini buzavergani uchun „Qizil Eshik“ ortidagi serverxonaga qamab qoʻyilgan (onda-sonda chiqib turadi).

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serial 2008-yili „Rose d’Or“ Eng Yaxshi Sitkom mukofotini oldi.[1] „The British Sitcom Guide“ saytida The IT Crowd „2006-yilning Eng Yaxshi Britan Sitkomi“, deb eʼlon qilindi.[2] 2008-yil noyabrida serialga Xalqaro Emmy mukofoti berildi.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Rose d'Or Winners 2008“ (PDF). Rose d'Or AG (2008-05-06). Qaraldi: 7-may 2008-yil.
  2. „The British Sitcom Guide Awards 2006“. British Sitcom Guide. Qaraldi: 8-sentabr 2008-yil.
  3. Linehan wins an Emmy for sitcom on the IT set (Wayback Machine saytida 2011-05-20 sanasida arxivlangan) Shane Hegarty, Irish Times, 26-noyabr 2008-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]