The Hills
| „The Hills“ | ||||
|---|---|---|---|---|
|
| ||||
| The Weeknd singli | ||||
| Beauty Behind the Madness albomidan | ||||
| Til |
| |||
| Chiqarilgan sanasi | 2015-yil 27-may | |||
| Yozilgan sanasi | 2014-yil | |||
| Janr | ||||
| Davomiyligi | 4:02 | |||
| Leybl |
| |||
| Qoʻshiq muallif(lar)i |
| |||
| Prodyuser(lar) |
| |||
| The Weeknd singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
| Klipi | ||||
| "The Hills" YouTubeda | ||||
„The Hills“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning qoʻshigʻi. 2015-yil 27-mayda ijodkorning ikkinchi studiyaviy albomi – Beauty Behind the Madnessning (2015) ikkinchi singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiqni The Weeknd prodyuserlar Emmanuel „Mano“ Nickerson va Illangelo bilan yozgan, Belly ham qoʻshimcha mualliflik huquqini olgan.
AQShda „The Hills“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 chartida Abelning boshqa singli „Canʼt Feel My Face“ bilan oʻrin almashib birinchi oʻrinni egalladi va zaylda trek reytingda olti hafta davomida yetakchilikni bermadi. 2019-yil 28-iyun kuni qoʻshiq Recording Industry Association of America (RIAA) tomonidan AQSh da oʻn million nusxadan ortiq sotilganligi uchun olmos sertifikat olgan va bu uning birinchi olmos sertifikati bilan mukofotlangan qoʻshigʻi boʻldi[2]. Shuningdek, u Kanada va Avstraliyada ham olmos sertifikatiga ega.
„The Hills“ qoʻshiqchining vatani Kanadada birinchi oʻrinni egalladi va bir qancha davlatlarda, jumladan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstraliya va Irlandiyada kuchli oʻnlikka kirdi. „The Hills“ qoʻshigʻining ikki rasmiy remiksi bor boʻlib, ikkisi ham 2015-yil 10-oktabrda chiqarilgan, biri repper Eminem bilan, boshqasi yana bir repper Nicki Minaj bilan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]The Weeknd 2015-yilda South by Southwest bazmida trekning demosini namoyish etdi[3].
Kompozitsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paul Tingen bilan boʻlgan intervyusida Illangelo, qoʻshiq „nisbatan tezroq tempdagi pop-aranjirovka va akkordlar“ orqali The Weekndning birinchi miksteyplariga qaytish uchun yozilganini aytdi. The Weekndning Toronto, Ontario shahridagi uy studiyasida yaratilgan, yozilgan, prodyuserlik ishlari amalga oshirilgan va aralashtirilgan qoʻshiqning dastlabki demo-versiyasini prodyuser Emmanuel „Mano“ Nickerson yaratgan. Nickerson demo versiyasini The Weekndga yuborishi bilan Illangelo uning ustida ish boshlaydi. Bir ozdan soʻng The Weekndda qoʻshiqning asosiy kuyi uchun gʻoya paydo boʻldi. Illangelo vokallar „fazoviy va lo-fi uslubda“ chiqishini xohlab, past chastotalarni kamaytirdi va barcha elementlar qoʻshiq naqarotida birlashishini xohladi. Koʻprik qismi (bridge) va outro qoʻshiqning eng soʻnggi yozilgan qismlari edi[4].
Qoʻshiqning nota yozuvi, Sony/ATV Music Publishing tomonidan Musicnotesda taqdim etilgan, qoʻshiq C minor tonalligida, daqiqasiga 113 zarb tezlikka egaligi koʻrsatilgan. Qoʻshiqdagi vokallar C3 dan E♭5 gacha boʻlgan diapazonni qamrab oladi[5].
Tanqidiy qabul
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu, ehtimol, faoliyatimdagi eng muhim qo‘shiq, chunki bu men yaratgan eng muvaffaqiyatli qo‘shiq edi. —— The Weeknd „The Hills“ haqida[6]
|
„The Hills“ tanqidchilardan ijobiy baho oldi, koʻpchilik sharhlovchilar The Weekndning pop yoʻnalishida boʻlgan „Earned It“dan keyin oʻzining asl uslubiga qaytganini maqtashdi. Billboard shunday yozgan: "Uning soʻnggi singllari yanada jonli va pop elementlari ortidan qorongʻu ohangni rad etib kelayotgan edi, ammo The Weeknd oʻzining ildizlari – R&B ga „The Hills“ – giyohvandlik va noqonuniy tungi sarguzashtlar madhiyasi bilan qaytadi. "Kayfdaligimda, bu haqiqiy men, " ("When I’m f–ed up, thatʼs the real me, „) deb dissonant sintezator tumanlari ostida, oʻzining dastlabki miksteyplarining jirkanch gedonizmini yangilangan, diqqatni tortadigan tarzda kuylaydi“[7]. USA Today gazetasidan Brian Mansfield shunday yozgan: „Agar bir qoʻshiq oʻzining asosiy qismiga horror film – Wes Cravenning 1977-yilgi kult klassigi The Hills Have Eyesdan ilhom olsa, demak, albatta, biror narsa yuzaga kelishi aniq“[8].
Pitchfork uchun tahliliy maqolada Hannah Giorgis „The Hills“ qoʻshigʻini „hirs, giyohvandlik va shon-shuhrat haqidagi qorongʻu, deyarli dissonant meditatsiya“ deb atadi va "uning repertuarini bilganlar uchun „The Hills“ qoʻshigʻidagi yagona burilish uning yakunida edi: oxirgi akkordlarning ovozi pasayib, qiyomdek yoqimli va sokin ayol ovozi allaga oʻxshash qoʻshiq kuylaydi, ammo bu mutlaqo ingliz tilida emas, balki Efiopiyaning asosiy tili va The Weekndning ona tili boʻlgan amhar tilida edi…"[9].
Rolling Stone „The Hills“ni „2015-yilning eng yaxshi 50 ta qoʻshigʻi“ roʻyxatida 11-oʻringa qoʻydi: „The Weekndning 2015-yilda birinchi oʻrinni egallagan ikkinchi xiti bizga uning eski miksteyplaridan bilgan yigitchani eslatib yuboradi: qoʻrqinchli filmlariga xos qichqiriqlar va boʻrondek elektron tovushlar uning maʼnosiz muhabbati haqidagi jozibali ohanglariga urgʻu beradi – qandaydir tarzda bu hammasi quloqqa nihoyatda yoqimli eshitiladi“[10]. Billboard 2015-yil yakuniy roʻyxatida „The Hills“ qoʻshigʻini 10-oʻringa qoʻydi: „Chartlarda birinchi oʻrinni egallagan qoʻshiqlar odatda bu darajada tovushli tajribalarga boy va qorongʻu boʻlmaydi, ammo 2015-yilda The Weeknd buni amalga oshirdi. Bu yerda deyarli hech qanday anʼanaviy pop uslubidagi ‘hook’ yoʻq – faqatgina unutilmas, jozibador va iztirobli bir tovush manzarasi bor“[11]. Time jurnali „The Hills“ni 2015-yilning oltinchi eng yaxshi qoʻshigʻi deb atadi: „Yilning eng qorongʻu chart-topper qoʻshigʻining klipida 25 yoshli Abel Tesfaye, yaʼni The Weeknd, tutayotgan avtomobil halokatidan oʻzini tortib chiqayotganini koʻramiz. Ushbu vizual yechim juda mos keladi, chunki uning axloqsiz R&B uslubini tinglash baxtsiz hodisaga qarashga oʻxshaydi: u buzilgan munosabatlar va shu qadar koʻp giyohvand moddalar bilan maqtanadiki, u kofeinsiz qahva ichgandek tuyuladi. Biroq, qoʻshiqning urib turgan bass tovushlari va The Weekndning dahshatli film ohangidagi vokali trekni baʼzi avariyalar kabi – koʻz uzib boʻlmaydigan darajada jozibali qiladi“[12]. Stereogum „2015-yilning 50 ta eng yaxshi pop qoʻshigʻi“ roʻyxatida bu qoʻshiqni 11-oʻringa qoʻydi: "„Earned It“ va „Canʼt Feel My Face“ bilan Abel Tesfaye oʻz ovozini ommaga yaqinlashtirib, chartlarda yuqoriga koʻtarildi. Eng ajablanarlisi shundaki, sahnaga kirib olganidan soʻng, „The Hills“ bundan ham katta xitga aylandi – u buni oʻzining noqonuniy va gʻayrioddiy sanʼat uslubidan bir qadam ham chekinmasdan uddaladi"[13]. news.com.au bu qoʻshiqni 2015-yilning 24-eng yaxshi qoʻshigʻi deb eʼtirof etib, quyidagilarni yozib qoldirgan: „Bu qoʻshiq Amerikada birinchi oʻringa chiqqan. Bir oz oʻylab koʻraylik: Donald Trump ular [davlat]ni yanada konservativ qilishga urinyapti, ammo faqat soʻkinishlardan iborat boʻlmay, shu qadar qorongʻu va axloqsiz maʼnolarga toʻla boʻlgan qoʻshiq chartlarning eng yuqorisiga chiqdi“[14]. The Village Voice nashri „The Hills“ni oʻzining yillik tanqidchilar reytingida 22-oʻringa qoʻygan[15].
2024-yil 29-avgustda, taqdim etilganidan deyarli 10 yil oʻtgach, The Guardian „The Hills“ni Tesfayening hozirgi kunga qadar eng yaxshi qoʻshigʻi deb atadi[16].
Plagiatda ayblanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 9-dekabrda Cutting Edge Music kompaniyasi Tesfaye, qoʻshiqning prodyuserlari va uni chiqarish uchun mas’ul boʻlgan leybllarni The Machine filmi musiqasidagi bass chizigʻi toʻgʻridan-toʻgʻri nusxalanib ishlatilgani sudga berdi. Shikoyatda, shuningdek, qoʻshiqni yaratishda ishtirok etgan prodyuser Emmanuel „Mano“ Nickerson, saundtrek muallifiga Twitter orqali uning ishidan namuna olgani, bu ish esa The Weekndning keyingi albomida paydo boʻlishi mumkinligini bildirganligi taʼkidlangan xabar yuborgani yozilgan[17]. 2022-yil iyul holatiga koʻra, ish hali ham hal qilinmagan[18].
Tijoriy muvaffaqiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]AQShda „The Hills“ 2015-yil 13-iyun kuni chop etilgan Billboard Hot 100 reytingiga 20-oʻrinda kirib kelib, oʻsha haftaning eng katta debyuti aylandi[19]. Uning debyuti birinchi haftadagi raqamli yuklab olishli sotuvlarning 109,000 nusxasi va 5.2 million AQShdagi strimlar orqali qoʻllab-quvvatlandi, shuningdek, singl bilan bir vaqtda taqdim etilgan videoklipi ham yordam berdi[20]. Keyingi haftada singl bir pogʻona pastladi, ammo reytingda eng katta strimlar oʻsishiga erishdi[21]. Shundan soʻng, trek 2015-yil 3-oktabrda AQShda oʻzining „Canʼt Feel My Face“ qoʻshigʻi bilan oʻrin almashib, The Weekndning ikkinchi yetakchi singliga aylandi, bungacha esa faqat Taylor Swift oʻzining birinchi qoʻshigʻi ikkinchi qoʻshigʻining oʻrnini egallab yetakchiga aylangan sanʼatkor edi[22]. „The Hills“ ketma-ket olti hafta davomida chartda birinchi oʻrinni egallab turdi, to 2015-yil 14-noyabrdagi chartda Adelening „Hello“ qoʻshigʻi bilan oʻrin almashmagunga qadar. U 21 hafta davomida uzluksiz chartning eng kuchli oʻnligida qoldi va nihoyat 2016-yil 16-yanvarda undan chiqib ketdi. Shu bilan birga, The Weekndning ketma-ket 45 hafta davomida top-10 ichida boʻlishi ham yakunlandi. 2016-yil iyun holatiga koʻra, „The Hills“ qoʻshigʻi AQSh da 2,946,000 nusxada sotilgan[23].
Buyuk Britaniyada „The Hills“ qoʻshigʻi 2015-yil 6-iyun haftasida UK Singles Chartga 51-oʻrinda kirib kelgan. 2015-yil 10-sentabr haftasida esa u 35-oʻrindan 29-oʻringa koʻtarilgan. Yana besh hafta davomida qoʻshiq 23-oʻringacha chiqdi, undan keyingi haftada esa kutilmaganda 5-oʻringa koʻtarildi. 2015-yil 29-oktabrda yakunlangan haftada, yaʼni chartdagi 20-haftasida u 3-oʻringa chiqdi. Biroq bu vaqtda One Direction guruhining „Perfect“ qoʻshigʻi 2-oʻrinda, KDA ning „Turn the Music Louder (Rumble)“i esa 1-oʻrinda boʻlgani sababli „The Hills“ yuqoriga chiqa olmadi. Qoʻshiq jami 7 hafta eng yaxshi 10 talikda, 12 hafta esa eng yaxshi 20 talikda saqlanib turdi va yil yakunidagi reytingda 25-oʻrinni egalladi.
Videokliplar
[tahrir | manbasini tahrirlash]"The Hills" qoʻshigʻi uchun suratga olingan musiqiy videoga Grant Singer rejissyorlik qilgan. U 2015-yil 27-mayda YouTubega yuklangan boʻlib, unda Rick Wilder ishtirok etgan – u bundan tashqari „Canʼt Feel My Face“ va „Tell Your Friends“ videokliplarida ham koʻrinish beradi[24]. 2025-yil aprel oyi holatiga koʻra, ushbu videoklip 2,2 milliard martadan ortiq tomosha qilingan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Videoklip teskari agʻdarilgan va pachoqlangan Lincoln Town Car tasviri bilan boshlanadi, biroq mashinaning qanday qilib agʻdarilgani nomaʼlum. The Weeknd (Abel Tesfaye) avval oʻzi mashinadan chiqib oladi, soʻng ikkita ayolga yordam beradi. Qoʻshiq davom etar ekan, u Los-Anjelesdagi South June Street boʻylab yolgʻiz yuradi[25]. Ikkinchi naqarot boshida esa, orqasida turgan halokatga uchragan Town Car mashinasi portlab ketadi[26]. Orada u bilan birga boʻlgan ayollardan biri The Weekndni doimiy ravishda itarib turadi – bu sahnalar ruhiy bosim yoki oʻtmishdagi munosabatlarning notinchliklarini aks ettiradi. Qoʻshiq oxirida esa u tashlandiq, sirli bir qasrga kiradi, qizil yorugʻlikda yoritilgan xona tomon yuqoriga koʻtariladi. Xonada qoʻlida olma tutgan bir kishi (uni Rick Wilder oʻynaydi) uni kutib oʻtirgan boʻladi, uning yonida yana ikki ayol ham bor. Video qora ekran bilan yakunlanadi.
Eminem remix videoklipi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eminem remiksi uchun yana bir musiqiy video suratga olindi – bu safar GoPro va United Realities hamkorligida[27]. Bu 360 darajali virtual reallik formatidagi videoklip boʻlib, unda The Weeknd bir tadbirdan chiqib, limuzinida yoʻl olgani koʻrsatiladi (mashina uni Apple Music reklamasida koʻrsatilgan bazmga olib boradi, u yerda haydovchi sifatida John Travolta chiqish qiladi)[28][29][30][31][32]. Tomoshabin kamera burchaklarini oʻzgartirar ekan, osmondan kometalar yogʻilayotgani va ular bilan birga tushayotgan qoldiqlar atrofda alangali portlashlarga sabab boʻlayotgani koʻrinadi. Asl videoklipdagi agʻdarilgan mashina ham kadrda paydo boʻladi. The Weeknd limuziniga yaqinlashganida, portlash sodir boʻladi.
Jonli chiqishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]"The Hills" qoʻshigʻi birinchi marta 2015-yil 11-aprelda Coachella vodiysi musiqa va sanʼat festivalida The Weekndning chiqishi davomida jonli ijro etilgan[33].
Boshqa versiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 10-oktabrda ushbu qoʻshiqning ikki remiksi internet tarmoqlarida taqdim etildi. Ulardan birida amerikalik repper Eminem, ikkinchisida esa Trinidad-Amerika repperi Nicki Minaj ishtirok etgan[34]. Nicki Minaj ishtirok etgan remiks The Weeknd bilan birga Saturday Night Live dasturida jonli ijro etildi. Eminem ishtirokidagi remiks esa Tesfayening shaxsiy iltimosiga binoan tayyorlangan[35] va unga virtual musiqiy video chiqarilgan[36]. Amerikalik repper Lil Wayne bu qoʻshiqni oʻzining No Ceilings 2 miksteypi uchun remiks qildi[37].
2016-yil 9-avgustda belgiyalik DJ dueti Dimitri Vegas & Like Mike ushbu qoʻshiq remiksini oʻzlarining „Summer of Madness“ qoʻshiqlar seriyasidagi treklardan biri sifatida bepul yuklab olish uchun chiqardilar[38]. RL Grime tomonidan ishlangan yana bir remiks esa Tesfayening YouTube kanalida chiqarilgan.
Ommaviy madaniyatda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qoʻshiqdan Life in Pieces serialining 1-mavsum 21-qismida foydanilgan.
- Qoʻshiqdan Yves Saint Laurent kompaniyasi Black Opium atirining Zoe Kravitz ishtirokidagi reklamasida foydalanilgan.
- Qoʻshiq Rock Band 4 oʻyinida yuklab olinadigan kontent sifatida mavjud.
- Qoʻshiq 2017-yilgi Fortnite video oʻyinida ham „Fortnite Festival“ rejimida ijro etiladigan qoʻshiqlardan biri sifatida mavjud boʻlib, The Weeknd ham ushbu festivalning asosiy yulduzi boʻlgan.
Treklar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Raqamli yuklab olish
- „The Hills“ – 3:55
- Raqamli yuklab olish – remikslar[39]
- „The Hills“ (feat. Eminem) – 4:23
- „The Hills“ (feat. Nicki Minaj) – 4:02
- Raqamli yuklab olish – remikslar
- „The Hills“ (RL Grime Remix) – 4:31
- „The Hills“ (Dimitri Vegas & Like Mike Remix) – 5:55
Chartlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sertifikatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Hudud | Sertifikatsiya | Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar |
|---|---|---|
| Amerika Qoʻshma Shtatlari (RIAA) | 11× Platina | 11,000,000 |
| Avstraliya (ARIA) | 12× Platina | 840,000 |
| Belgiya (BRMA) | Oltin | 10,000 |
| Birlashgan Qirollik (BPI) | 4× Platina | 2,700,000 |
| Braziliya (Pro-Música Brasil) | 3× Olmos | 750,000 |
| Daniya (IFPI Danmark) | 2× Platina | 180,000 |
| Germaniya (BVMI) | 3× Oltin | 600,000 |
| Ispaniya (PROMUSICAE) | Platina | 60,000 |
| Italiya (FIMI) | 2× Platina | 200,000 |
| Kanada (Music Canada) | Olmos | 800,000 |
| Meksika (AMPROFON) | 2× Platina | 120,000 |
| Norvegiya (IFPI Norway) | Oltin | 20,000 |
| Polsha (ZPAV) | 4× Platina | 200,000 |
| Portugaliya (AFP) | 3× Platina | 60,000 |
| Yangi Zelandiya (RMNZ) | 6× Platina | 180,000 |
| Shvetsiya (GLF) | 3× Platina | 120,000 |
| Striming | ||
| Gretsiya (IFPI Greece) | 2× Platina | 4,000,000 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rolling Stone Staff „50 Best Songs of 2015“. Rolling Stone (2015-yil 3-dekabr).
- ↑ „The Weeknd's 'The Hills' Certified Diamond: Exclusive“. Billboard.
- ↑ „The Weeknd Goes Track-by-Track (Almost) on 'After Hours'“ (2020-yil 8-aprel).
- ↑ Tingen, Paul „Inside Track: The Weeknd“. Sound on Sound.
- ↑ „The Hills“. Musicnotes (2015-yil 15-sentyabr).
- ↑ „How the Weeknd got his revenge and became one of the biggest pop stars“.
- ↑ „Best and Worst Singles of the Week — From Miranda Lambert to The Weeknd“. Billboard (2015-yil 6-iyun).
- ↑ „Song of the Week: The Weeknd's 'The Hills'“. USA TODAY (2015-yil 2-iyun).
- ↑ „The Weeknd's East African Roots“. Pitchfork (2015-yil 11-iyun).
- ↑ „50 Best Songs of 2015“. Billboard.com (2015-yil 3-dekabr).
- ↑ „Billboard 25 Best Songs of 2015: Critics' Picks“. Billboard.com (2015-yil 17-dekabr).
- ↑ „Best Songs of 2015“. Time (2015-yil 3-dekabr). 2016-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „The 50 Best Pop Songs Of 2015“. Stereogum (2015-yil 17-dekabr).
- ↑ „Who had the best single of 2015? And who put out an absolute shocker? Here's our countdown“. news.com.au.
- ↑ „Pazz & Jop Statistics“. The Village Voice.
- ↑ Petridis, Alexis. „Darkness, drama and Daft Punk: the Weeknd's best songs – ranked!“.
- ↑ „The Weeknd Hit With Copyright Lawsuit Over "The Hills"“. The Hollywood Reporter (2015-yil 9-dekabr).
- ↑ „Cutting Edge Music Holdings Limited v. Abel Makkonen Tesfaye et al“ (en). UniCourt. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
- ↑ „The Hot 100: The Week of June 13, 2015“. Billboard. Prometheus Global Media.
- ↑ Mendizabal, Amaya (June 4, 2015). „The Weeknd's 'The Hills' Makes Top 10 Debut on Hot R&B Songs“. Billboard. Prometheus Global Media.
- ↑ „The Hot 100: The Week of June 20, 2015“. Billboard. Prometheus Global Media.
- ↑ „The Weeknd replaces himself at No. 1 with 'The Hills'“. Billboard.com (2015-yil 21-sentyabr).
- ↑ „Nielsen SoundScan charts – Digital Songs – Week Ending: 06/06/2016“. Nielsen SoundScan. 2016-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Ducker, Eric „How This Glam Rock OG Became the Weeknd's Video Muse“. Pitchfork (2015-yil 7-oktyabr).
- ↑ „The Weeknd – The Hills Filming Location“ (2017-yil 24-aprel).
- ↑ Locations, Global Film „The Weeknd – The Hills Filming Location“. globalfilmlocations.net (2017-yil 24-aprel).
- ↑ Rambarran, Shara. Virtual Music: Sound, Music, and Image in the Digital Era. Bloomsbury: Bloomsbury, 2021. ISBN 9781501336379.
- ↑ „Watch The Weeknd's Apple Music Commercial With John Travolta“ (2015-yil 31-avgust). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- ↑ „WATCH JOHN TRAVOLTA PLAY THE WEEKND'S DRIVER IN NEW APPLE MUSIC AD“. Fuse.
- ↑ „MTV VMA Apple Music“. YouTube (2015-yil 2-sentyabr).
- ↑ „Apple Music - TV Ad 1 - Afterparty with "The Weeknd"“. YouTube (2015-yil sentyabr).
- ↑ „Apple Music - TV Ad 2 - Afterparty with "The Weeknd"“. YouTube (2015-yil sentyabr).
- ↑ Bacle, Ariana (May 27, 2015). „The Weeknd lives through a car crash in new The Hills video“. Entertainment Weekly. 2024-02-12da asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Listen To Both Eminem & Nicki Minaj's Remixes Of The Weeknd's "The Hills"“. hotnewhiphop.
- ↑ „The Weeknd Says Eminem Crashed Jay Z on 'Renegade,' Talks "The Hills" Remix (Nov 24, 2016)“. YouTube (2016-yil 25-noyabr).
- ↑ „The Weeknd - The Hills remix feat. Eminem ( A Virtual Reality Experience) - YouTube“. YouTube (2015-yil 20-oktyabr).
- ↑ „Lil Wayne's "No Ceilings 2" Tracklist Revealed“. hotnewhiphop (2015-yil 26-noyabr).
- ↑ „"SUMMER OF MADNESS" by Dimitri Vegas & Like Mike“. 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „iTunes - Music - The Hills (Remixes) - Single by The Weeknd“. iTunes Store (GB) (2015-yil 11-oktyabr). 2015-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 22-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Adult Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Dance Club Songs)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 26-dekabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Dance Mix/Show Airplay)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 22-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Rhythmic)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd – The Hills". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 2015-yil 24-oktyabr.
- ↑ „ARIA Australian Top 40 Urban Singles Chart“. ARIA Charts. 2015-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-oktyabr.
- ↑ "The Weeknd – The Hills" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40. Qaraldi: 2015-yil 22-oktyabr.
- ↑ "The Weeknd – The Hills" (niderlandcha). Ultratop 50. Qaraldi: 2015-yil 28-noyabr.
- ↑ "The Weeknd – The Hills" (niderlandcha). Ultratop Urban. Qaraldi: 2015-yil 20-noyabr.
- ↑ "The Weeknd – The Hills" (fransuzcha). Ultratop 50. Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
- ↑ "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2015-yil 23-oktyabr.
- ↑ "Official R&B Singles Chart Top 40". Official Charts Company. Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
- ↑ "The Weeknd – The Hills". Tracklisten. Qaraldi: 2015-yil 26-iyun.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Euro Digital Song Sales)". Billboard. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ "The Weeknd – The Hills" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2016-yil 31-yanvar.
- ↑ "The Weeknd – The Hills" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 2019-yil 27-fevral.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Global 200)". Billboard. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ „IFPI Charts“. ifpi.gr. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
- ↑ "Irish-charts.com – Discography The Weeknd". Irish Singles Chart. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ "The Weeknd – The Hills" Canciones Top 50. Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
- ↑ "The Weeknd – The Hills". Top Digital Download. Qaraldi: 2015-yil 23-oktyabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Canada CHR/Top 40)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Canada Hot AC)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ „The Official Lebanese Top 20“. The Official Lebanese Top 20. Qaraldi: 2018-yil 28-aprel.
- ↑ The Weeknd — The Hills. Tophit. Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
- ↑ „The Weeknd – The Hills – Top 40“ (Dutch). Dutch Top 40. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ "The Weeknd – The Hills" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2015-yil 26-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd – The Hills". VG-lista. Qaraldi: 2015-yil 24-oktyabr.
- ↑ "The Weeknd – Earned It". AFP Top 100 Singles. Qaraldi: 2015-yil 24-mart.
- ↑ "Russia Airplay Chart for 2016-07-11." Tophit. Qaraldi: 2016-yil 30-iyul.
- ↑ "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Radio Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: insert 201549 into search. Qaraldi: 2016-yil 27-sentyabr.
- ↑ "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Singles Digital Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: Select SINGLES DIGITAL - TOP 100 and insert 201552,53 into search. Qaraldi: 2016-yil 27-sentyabr.
- ↑ "Ukraine Airplay Chart for 2016-06-13." Tophit. Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
- ↑ "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Single (track) Top 40 lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
- ↑ "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Stream Top 40 slágerlista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ "The Weeknd – The Hills". Top 40 Singles. Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
- ↑ "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
- ↑ "The Weeknd – The Hills". Singles Top 100. Qaraldi: 2015-yil 14-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd – The Hills". Swiss Singles Chart. Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
- ↑ "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Radio Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – RADIO – TOP 100 and insert 201545 into search. Qaraldi: 2015-yil 30-dekabr.
- ↑ "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Digital Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – SINGLES DIGITAL – TOP 100 and insert 201539 into search. Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
- ↑ „Hot 100: Year End 2015“. Billboard. billboard.com. Qaraldi: December 9, 2015.
- ↑ „Year-end - US Hot R&B/Hop-hop Songs“. Billboard. Qaraldi: December 9, 2015.
- ↑ „Pop Songs Year End 2015“. Billboard. Qaraldi: December 13, 2015.
- ↑ „R&B/Hip-Hop Airplay Songs – Year-End 2015“. Billboard. Qaraldi: March 26, 2022.
- ↑ „Rhythmic Songs Year End 2015“. Billboard. Qaraldi: January 6, 2018.
- ↑ „ARIA Top 100 Singles for 2015“. Australian Recording Industry Association. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
- ↑ „ARIA Top 50 HIP HOP/R&B Singles for 2015“. Australian Recording Industry Association. Qaraldi: 2016-yil 12-dekabr.
- ↑ „End of Year Singles Chart Top 100 - 2015“. Official Charts Company. Qaraldi: 2016-yil 4-yanvar.
- ↑ „Track Top-100 2015“ (da). Tracklisten. Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
- ↑ „Tops de l'année - Top Singles 2015“ (fr). Syndicat National de l'Édition Phonographique. Qaraldi: 2020-yil 18-noyabr.
- ↑ „Top 100 Single-Jahrescharts“ (de). GfK Entertainment. offiziellecharts.de. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
- ↑ „Canadian Hot 100 Year End 2015“. Billboard. Qaraldi: December 13, 2015.
- ↑ „Jaaroverzichten - Single 2015“ (nl). MegaCharts. Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
- ↑ „Stream Top 100 - helyezés alapján - 2015“. Mahasz. Qaraldi: 2022-yil 22-mart.
- ↑ „Top Selling Singles of 2015“. Recorded Music NZ. Qaraldi: 2015-yil 25-dekabr.
- ↑ „Årslista Singlar, 2015“ (sv). Sverigetopplistan. Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
- ↑ „Hot 100 Songs - Year-End 2016“. Billboard. Qaraldi: December 8, 2016.
- ↑ „Year-end - US Hot R&B/Hop-hop Songs“. Billboard. Qaraldi: December 8, 2016.
- ↑ „R&B/Hip-Hop Airplay Songs – Year-End 2016“. Billboard. Qaraldi: March 26, 2022.
- ↑ „ARIA Top 50 HIP HOP/R&B Singles for 2016“. Australian Recording Industry Association. Qaraldi: 2017-yil 6-yanvar.
- ↑ „End of Year Singles Chart Top 100 - 2016“. Official Charts Company. Qaraldi: 2016-yil 31-dekabr.
- ↑ „Tops de l'année - Top Singles 2016“ (fr). Syndicat National de l'Édition Phonographique. Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
- ↑ „Canadian Hot 100 – Year End 2016“. Billboard. Qaraldi: December 9, 2016.
- ↑ „CIS Year-End Radio Hits (2016)“. Tophit. 2019-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-avgust.
- ↑ „Russian Top Year-End Radio Hits (2016)“. Tophit. 2019-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-avgust.
- ↑ „Ukrainian Top Year-End Radio Hits (2016)“. Tophit. 2019-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-avgust.
- ↑ „Billboard Global 200 – Year-End 2022“. Billboard. Qaraldi: December 2, 2022.
- ↑ „ARIA Top 50 Hip Hop/R&B Singles for 2024“. Australian Recording Industry Association. Qaraldi: 2025-yil 14-yanvar.
- ↑ Copsey, Rob „The UK's Official Top 100 biggest songs of the decade“. Official Charts Company (2019-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
- ↑ „Decade-End Charts: Hot 100 Songs“. Billboard. Qaraldi: November 15, 2019.
- ↑ „Decade-End Charts: Hot R&B/Hip-Hop Songs“. Billboard. Qaraldi: January 17, 2020.
- ↑ „Billboard Hot 100 60th Anniversary Interactive Chart“. Billboard. Qaraldi: December 10, 2018.
- 2015-yil qoʻshiqlari
- 2015-yil singllari
- The Weeknd qoʻshiqlari
- The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar
- Billboard Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar
- Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar
- Republic Records singllari
- XO (yozuv leybli) singllari
- Nicki Minaj qoʻshiqlari
- Eminem qoʻshiqlari
- Eminem tomonidan yozilgan qoʻshiqlar