The Grapes of Wrath
|
Ilk nashr muqovasi | |
| Asl nomi | The Grapes of Wrath |
|---|---|
| Muallif(lar) | John Steinbeck |
| Bezovchi(lar) | Elmer Hader |
| Til | inglizcha |
| Nashr etilgan sanasi | 1939-yil 14-aprel[1] |
| Nashriyot | „The Viking Press“ |
| Sahifalar soni | 464 |
„The Grapes of Wrath“ (tarjimasi „Gʻazab uzumlari“; OʻzMEda ruscha tarjimasiga tayanib „Nafrat uchquni“ deya tarjima qilingan[2]) – amerikalik yozuvchi John Steinbeck qalamiga mansub realizm janridagi roman. Ilk bor 1939-yil bosilib chiqqan. Muallifning eng taniqli asarlaridan biri boʻlib, AQSH milliy kitob mukofoti hamda Badiiy adabiyot boʻyicha Pulitser mukofoti bilan taqdirlangan. Steinbeck 1962-yil Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanganda asarlari orasida ushbu roman koʻp tilga olingan.
Romandagi hodisalar Buyuk depressiya yillarida sodir boʻladi. Bosh qahramonlar dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi Joadlar oilasi boʻlib, asarda ular qurgʻoqchilik, iqtisodiy qiyinchiliklar, qishloq xoʻjaligidagi oʻzgarishlar hamda bank musodaralari tufayli Oklaxomadagi uylarini tashlab, Kaliforniyaga koʻchib borishga majbur boʻladilar.
„The Grapes of Wrath“ romani AQSHdagi maktab va universitet adabiyot darslarida keng oʻrganiladigan asarlarning biridir. Rejissyor John Ford roman asosida ayni nomli filmni olgan. 1940-yil ilk bor namoyish qilingan film ikkita Oscar mukofotiga sazovor boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Grapes of Wrath, a classic for today?“. BBC News (2009-yil 14-aprel). 2014-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-avgust.
- ↑ "СТЕЙНБЕК (Steinbeck) Жон Эрнст". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004. p. 600. https://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20S%20harfi.pdf. Qaraldi: 10-dekabr 2025-yil.