Kontent qismiga oʻtish

The Cat in the Hat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The Cat in the Hat
Muallif(lar) Dr. Seuss
Muqova artist(lar)i Dr. Seuss
Mamlakat Amerika Qoʻshma Shtatlari
Til inglizcha
Janr(lar)i Bolalar adabiyoti
Nashr etilgan sanasi 1957-yil 12-mart
Nashriyot Random House, Houghton Mifflin
Sahifalar soni 61
ISBN 978-0-7172-6059-1
OCLC 304833
Avvalgisi If I Ran the Circus
Keyingisi How the Grinch Stole Christmas!
The Cat in the Hat Comes Back (davomi)

The Cat in the Hat (tarjimasi: Shlyapa kiygan mushuk) – 1957-yilda amerikalik yozuvchi va rassom Theodor „Dr. Seuss“ Geisel tomonidan yozilgan bolalar kitobi. Asarda qizil-oq (yoʻl-yoʻl) silindr shlyapa kiygan va qizil galstuk taqqan, baland boʻyli, antropomorf mushuk bosh qahramon sifatida tasvirlanadi. Syujet Sally va uning akasi uyda yolgʻiz qolgan, yomgʻirli kunda boshlanadi. Ularning uyiga kutilmaganda shlyapa kiygan mushuk tashrif buyuradi. Bolalarning baliqchasi uning qilayotgan ishlariga qarshi chiqsa-da, mushuk ularni koʻnglini ochish uchun turli xil fokuslarini namoyish etadi. Natijada u va uning sheriklari – Birinchi va Ikkinchi Narsa – uyni tartibsiz qilib tashlashadi. Bolalar va baliq tobora xavotirga tushayotgan paytda mushuk maxsus mashinani chiqarib, uyni tozalab qoʻyadi va bolalarning onasi qaytib kelishidan oldin gʻoyib boʻladi.

Geisel bu kitobni AQShda erta bolalik davridagi savodxonlik va Dick and Jane kabi anʼanaviy alifbolarning samarasizligi haqidagi munozaralarga javoban yaratdi. Ikkinchi jahon urushi paytida tanishgan va oʻsha paytda Houghton Mifflin nashriyotining taʼlim boʻlimi direktori boʻlgan William Spaulding Geiseldan yanada qiziqarli alifbo yozishni soʻragan edi. Biroq, Geisel allaqachon Random House bilan shartnoma tuzgani sababli, ikki nashriyot oʻzaro kelishuvga erishdi: Houghton Mifflin maktablarga sotiladigan taʼlim nashrini, Random House esa kitob doʻkonlarida sotiladigan ommaviy nashrni chop etadigan boʻldi.

Geisel The Cat in the Hat yaratilishi haqida turli xil hikoyalar aytib bergan. Ammo u eng koʻp takrorlagan versiyasiga koʻra, hikoya yozish uchun foydalanishi mumkin boʻlgan soʻzlar roʻyxatidan juda hafsalasi pir boʻlgan va roʻyxatni koʻzdan kechirib, birinchi uchragan qofiyadosh ikki soʻzga asoslangan hikoya tuzishga qaror qilgan. Bu soʻzlar cat va hat edi. Kitob darhol tanqidchilar va kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Sharhlovchilar uni anʼanaviy alifbolarga nisbatan qiziqarli muqobil deb maqtadi. Kitob uch yil ichida bir million nusxadan ortiq sotildi. 2001-yilda Publishers Weekly uni barcha davrlarning eng koʻp sotilgan bolalar kitoblari roʻyxatida toʻqqizinchi oʻringa qoʻydi. Kitobning muvaffaqiyati Beginner Books nashriyotining tashkil etilishiga olib keldi. Bu nashriyot oʻqishni endigina oʻrganayotgan yosh bolalar uchun shunga oʻxshash kitoblarni chiqarishga ixtisoslashgan edi. 1983-yilda Geisel shunday degan edi: „Bu – men eng faxrlanadigan kitobim, chunki u Dick and Jane alifbolarining tugashiga sabab boʻlgan.“

Chop etilganidan buyon The Cat in the Hat Dr. Seussning eng mashhur kitoblaridan biri boʻldi. Mushuk obrazi muallifning oʻziga xos ijodiy belgisiga, keyinchalik esa Dr. Seuss Enterprises kompaniyasining ramzlaridan biriga aylandi. Kitob 1971-yilda animatsion televizion maxsus dastur sifatida, 2003-yilda esa jonli aktyorlar ishtirokidagi film sifatida moslashtirildi. Hozirda esa yangi animatsion film tayyorlanmoqda. Mushuk obrazi Dr. Seussning koʻplab boshqa asarlariga ham kiritilgan.

Cat in the Hat Oq uydagi Rojdestvo bezagi, 2003-yil

Ruth MacDonald shunday deydi: „The Cat in the Hat Dr. Seussni mashhur qilgan kitob. Agar shu asar boʻlmaganida, Seuss bolalar adabiyoti tarixida kichikgina nom sifatida qolgan boʻlardi.[1]“ Donald Pease ham bu fikrni qoʻllab-quvvatlab yozadi: „The Cat in the Hat – Dr. Seuss hikoyalari arxivida klassik asar boʻlib, uning ijodida tamal toshi va tayanch sifatida xizmat qiladi. Uni yozishidan oldin Geisel oʻzining toʻqqizta bolalar kitobidan koʻra Quick, Henry, the Flit! reklama kampaniyasi bilan tanilgan edi.[2]“ Pease buni Sovuq urush davrining „eng muhim akademik bahsi“ deb atagan[2]. Akademik Louis Menand esa shunday yozadi: „The Cat in the Hat boshlangʻich taʼlim va bolalar adabiyotining tabiatini oʻzgartirdi. U nafaqat oʻqishni fonetika orqali oʻrgatish kerakligini, balki til koʻnikmalarini va boshqa koʻplab fanlarni oddiy darsliklar oʻrniga rasmli hikoya kitoblari orqali oʻrgatish lozimligini ham targʻib qildi.[3]“ 1983-yilda Geisel Jonathan Cottga shunday degan edi: „Bu men eng faxrlanadigan kitob, chunki u Dick and Jane alifbolarining inqiroziga sabab boʻldi.[4]

  1. MacDonald 1988, p. 105
  2. 2,0 2,1 Pease 2010, pp. 111–112
  3. Menand 2002, p. 3
  4. Cott 1983, p. 115
  • Cott, Jonathan „The Good Dr. Seuss“, . Of Sneetches and Whos and the Good Dr. Seuss: Essays on the Writings and Life of Theodor Geisel. McFarland & Company, 1983 — 99–123-bet. ISBN 0-7864-0388-8. 
  • Fensch, Thomas. The Man Who Was Dr. Seuss. Woodlands: New Century Books, 2001. ISBN 0-930751-11-6. 
  • „'Somebody's Got to Win' in Kids' Books: An Interview with Dr. Seuss on His Books for Children, Young and Old“, Of Sneetches and Whos and the Good Dr. Seuss: Essays on the Writings and Life of Theodor Geisel. McFarland & Company, April 14, 1986 — 125–127-bet. ISBN 0-7864-0388-8. 
  • Hersey, John. „Why Do Students Bog Down on First R?“ (1954-yil 24-may). Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
  • Lurie, Alison „The Cabinet of Dr. Seuss“, . Popular Culture: An Introductory Text. Popular Press, 1992. ISBN 978-0-87972-572-3. 
  • MacDonald, Ruth. Dr. Seuss. Twayne Publishers, 1988. ISBN 0-8057-7524-2. 
  • Menand, Louis (16 December 2002). „Cat People: What Dr. Seuss Really Taught Us“. The New Yorker. Qaraldi: 9 November 2013.
  • Morgan, Judith; Neil Morgan. Dr. Seuss & Mr. Geisel. Random House, 1995. ISBN 0-679-41686-2. 
  • Nel, Philip. The Annotated Cat: Under the Hats of Seuss And His Cats. New York: Random House, 2007. ISBN 978-0-375-83369-4. 
  • Nel, Philip. Dr. Seuss: American Icon. Continuum Publishing, 2004. ISBN 0-8264-1434-6. 
  • Pease, Donald E.. Theodor Seuss Geisel. Oxford University Press, 2010. ISBN 978-0-19-532302-3. 
  • Seuss, Dr. „How Orlo Got His Book“, . The Annotated Cat: Under the Hats of Seuss And His Cats. Random House, 17 November 1957 — 167–169-bet. ISBN 978-0-375-83369-4. 
  • Seuss, Dr. „My Hassle With the First Grade Language“, . The Annotated Cat: Under the Hats of Seuss And His Cats. Random House, 17 November 1957 — 170–173-bet. ISBN 978-0-375-83369-4.