The Black Book of Corporations (asar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

The Black Book of Corporations - (Korporatsiyalarning qora kitobi nemischa: Das Schwarzbuch Markenfirmen) avstriyalik jurnalistlar Klaus-Verner Lobo va Hans Weissning 2001-yilda, Genuyadagi "Sakkizlik guruhi" sammitiga qarshi norozilik namoyishlaridan soʻng nashr etilgan kitobidir.

Kitobda koʻplab transmilliy korporatsiyalarning (koʻp millatli korxonalar) siyosiy va ijtimoiy kamsitishlar, atrof — muhitning ifloslanishi, mehnat qonunchiligining buzilishi, inson huquqlari va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq jarayonlarni yoritgan.

Klaus Werner mahbuslar va bolalar mehnatidan foydalaniladigan Kongo Demokratik Respublikasidagi isyonchilardan xom ashyo sotib olgan va shu tariqa isyonchilarni bilvosita moliyalashtirgan transmilliy korporatsiyalar bilan bogʻliq kompaniyalar faoliyatini batafsil oʻrganib chiqdi. Uning hammuallifi Hans Weiss Sharqiy Yevropada tibbiy preparatlarning noqonuniy klinik sinovlari oʻtkazilgani haqida gapirib berdi. Mualliflar neoliberal globallashuv va umuman transmilliy korporatsiya siyosatining aloqalarini ochib beradilar va xalqaro siyosat, korporatsiyalar va JST, XVF, Jahon banki va boshqalar kabi xalqaro tashkilotlarning aralashuvi haqida ham maʼlumlarni aytishadi.

2003-yilda "Korporatsiyalarning yangi qora kitobi" ikkinchi nashri chiqdi (nemischa: Das neue Schwarzbuch Markenfirmen .). U golland, ispan, venger, turk, xitoy, koreys, shved va rus tillariga tarjima qilingan.

2006-yilga kelib kitobning uchinchi qayta ishlangan nashri ham bosib chiqarilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Globallashuvga qarshi harakat
  • Globallashuv
  • Korporatsiya
  • Logotip yoʻq

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]