Thabo Mbeki
Qiyofa

Mbeki Tabo Mvuyelua (1942.9.6, Sharqiy Kap viloyatining Idutiva qishlogʻi) — Janubiy Afrika Respublikasi davlat arbobi. Buyuk Britaniyadagi Susseks universitetining iqtisodiyot fakultetini tugatgan (1966). 1967-yildan Afrika milliy kongressi (AMK) xodimi, 1971-yildan Lusakadagi AMK Inqilobiy qoʻmita kotibi yordamchisi, 1975-yil AMK Milliy ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, 1976-yildan AMKning Nigeriyadagi vakili, 1978-yildan AMK prezidentining siyosiy ishlar boʻyicha kotibi, axborot departamenti direktori, AMK raisi oʻrinbosari, AMK prezidenti, 1994-yildan JAR vitse-prezidenti, 1999-yil iyundan prezidenti.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Davlat yetakchisi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |