Tezoqar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Tezoqar — suvning oqimini kanalning balandlikda joylashgan qismidan pastroq qismiga katta tezlikda oʻtkazadigan qisqa kanal yoki nov shaklidagi gidrotexnika inshooti. T. beton, temirbeton, xarsang tosh kabi mustahkam qurilish materiallaridan quriladi. T.ning hajmi, nishabi qoʻllanilayotgan material dosh berishi mumkin boʻlgan eng katta oqim tezligi hisobga olingan holda belgilanadi. T.ning suv sarfi bir necha m³/s dan yuzlab m³/s gacha boʻlishi mumkin. Oqim tezligini kamaytirish uchun T. tubida, baʼzan esa yon devorlarida kvadrat yoki toʻgʻri burchakli kesimdan iborat qovurgʻa shaklidagi gʻadirbudirlar (qabariq shakllar, dumalok, toshlar) hosil qilinadi. Bular odatda T. qurilgan materiallardan yasaladi.

T. boshlanish qismi (ponur); tezoqar nov (shovva), soʻndirgich (suv qurilma qism energiyani soʻndirgich) va novni kuyi kanal bilan tutashtiruvchi chiqargich qismlardan iborat boʻladi. T.ning bosh qismi yuqoridagi kanalni nov bilan ravon bogʻlaydi; novning koʻndalang kesimi toʻgʻri toʻrtburchak yoki trapetsiya shaklida, eni oʻzgaruvchan yoki doimiy boʻladi. Oʻzgaruvchan enli T.da oqim eni (shovva) torayadi yoki kengayadi. Oʻrta Osiyodagi sugʻorish sistemalarida (Xorazm viloyatidagi Gʻazovot, Polvon, Samarqand viloyatida Miyonqol, Toshkent viloyatidagi Shimoliy Toshkent va boshqa kanallarda) shovvaning yuqori qismi keng, pastki qismi tor boʻlgan yangi konstruksiyadagi T. qurilgan. Bu esa suvning novda ravon yoyilib oqishini va inshootlarning mustahkam va uzoq mudsat ishlanishi taʼminlaydi (qarang Sharshara). Ziyomiddin Artukmetov.