Texnopolis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Texnopolis (lot. techne — sanʼat, hunar va polis — shahar) — innovatsiya jarayonlarini jadallashtirish, texniktexnologik yangiliklarni tez va samarali qoʻllashga yordam berish mak,sadida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar shakllaridan biri. Jahon darajasidagi yuqori texnologik mahsulot ishlanmalarini yaratadigan va uni ishlab chiqarish.ni oʻzlashtiradigan mintaqaviy markaz T. oʻzagini tashkil etadi. T.ning faoliyat dasturi, odatda, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va ularning natijasini ishlab chiqarish.da qoʻllashdan iborat boʻladi. T.lar davlat tomonidan qoʻllabquvvatlanadi.