Termoyadro reaksiyalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Termoyadro reaksiyalari - juda yuqori temperaturalarda yengil atom yadrolarining oʻzaro birikish jarayoni. Vodorodning 2 izotopi N2 (deyteriy) va N3 (tritiy) 1 kg aralashmasining oʻzaro birikish reaksiyasi.N2!,H3^2He4Q()n’Q17,5 MeV natijasida 801012 kal issiklik ajralib chiqadi. Bu 1 kg uran U235 yadrosining boʻlinishida ajralib chiqadigan energiyadan 4 marta yoki 10 mln. kg kumir beradigan issiklik miqdoriga tengdir.

Reaksiyaga kirishuvchi yadrolar birbiriga YU15 m masofaga yaqinlashganda ular orasida yadro kuchlari tufayli oʻzaro taʼsir yuzaga keladi. Yadrolarning bunday yaqin kelishiga ular orasida itarish kuchlari toʻsqinlik qiladi. Bu qarshilikni yengish uchun yadrolar taxminan bir necha yuz mln. gradus temperaturaga moye katta tezlik bilan harakatlanishi kerak. Faqat ayrim Termoyadro reaksiyalari natijasida yengil atom yadrosi boʻlinib bir necha yadrolarni hosil qilishi va juda koʻp miqdorda energiya ajralib chiqishi mumkin.

Termoyadro reaksiyalari natijasida asosan, yadrolarning qoʻshilib bitta kattaroq yadroning hosil boʻlishi kuzatiladi. Yengil yadrolar ancha past temperaturalarda ham qoʻshilishi mumkin. Chunki zarralarning tezliklar boʻyicha taqsimoti tasodifiy boʻlgani tufayli, energiyasi oʻrta qiymatdan ortiq boʻlgan biror miqdor yadrolar gʻar doim boʻladi. Bundan tashqari, yadrolar tunnel effekt natijasida ham qoʻshilishi mumkin, bu hol juda muhimdir. Chunki tunnel effekt va boshqa kvant temperatura meʼyorini ancha kamaytiradi. Shu sababli, baʼzi Termoyadro reaksiyalari 107K tartibdagi temperaturalardayoq yetarlicha intensiv ravishda yuz beradi.

Ayniqsa, deyteriy va tritiy yadrolari sintezi uchun sharoit yaratish qulay, chunki ular orasidagi reaksiya rezonans xarakterga ega (,N2 va,N3 yadrolarining birikishi uchun 7G+2O1O6K yetarli). Ana shu moddalar vodorod bombasi (yaʼni termoyadro bombasi) zaryadini tashkil qiladi. Bunday Termoyadro reaksiyalarini amalga oshirish uchun kerak boʻladigan temperaturani kuchli lazerlar bilan plazmani bir vaqtda nurlantirish yoki atom parchalanishi reaksiyasi natijasida hosil boʻlishi mumkin.

Atomvodorod bombasining portlashi jarayonida ajralib chiqqan issiqlik miqsori 50 mln. t trotil quvvatidan yuqoridir. Ammo vodorod bombasidagi portlash 1 mikrosekunddan kam vaqt davom etadi va undagi Termoyadro reaksiyalarini boshqarish murakkab muammodir. Termoyadro reaksiyalari borishini juda kichik vaqt davomida boshqarish termoyadro reaktorlari yordamida amalga oshiriladi. "Ogra", "Alfa", "Tokamak" (Sobiq SSSR), "Zeta", "Skeptr" (Angliya), "Kolumbus", "Stellyator" (AQSH) termoyadro reaktorlarining vakillaridir. Reaktor Termoyadro reaksiyalari beruvchi yoqilgʻi gazi bilan yuqori bosimlar ostida toʻldirilib, elektr razryadi yoki lazer nuri yordamida yoqilgʻi plazmasi hosil qilinadi. Plazma temperaturasini meʼyor darajasigacha koʻtarish, uni ushlash va boshqarish Termoyadro reaksiyalari hosil boʻlishda muhimdir. "Tokamak" reaktorida plazmani 70 mln. K gacha qizdirish amalga oshirildi. Bu Termoyadro reaksiyalarini boshkarish mumkinligini isbotladi.

Boshqariladigan termoyadro reaksiyalarini amalga oshirish uchun biror hajmda 108K tartibli temperatura gʻosil qilish va uni shu darajada sakGʻtb turish zarur. Bunday temperaturada har qanday moddadan idish devorlari bugʻlanib ketadi. Termoyadro reaksiyalarini hosil qilish uchun kameradagi plazmaning temperaturasi va katta zichligini maʼlum vaqt saqlash bilan birga plazmaning kamera ichki devoriga taʼsirini keskin kamaytirish muammosi mavjud. Shu sababli, reaksiya kamerasi kuchli magnit maydoni taʼsirida boʻladi va bu maydon plazmani kamera markaziga siqib boraveradi. Boshkariladigan termoyadro sintezini amalga oshirish insoniyatga bitmastugalmas energiya manbaini bergan boʻlar edi. Shuning uchun, boshkariladigan Termoyadro reaksiyalarini amalga oshirish borasida koʻp mamlakatlarda ishlar olib borilmoqda.

Fc. Arsimovich L.A., Upravlyayemie termoyadernie reaksii, M., 1963; Lukyanov S.Yu., Goryachaya plazma i upravlyayemiy lazerniy sintez, M, 1975.