Termofobiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Termofobiya (sifat so'z: termofobik ) noorganik moddalar yoki organizmlar tomonidan yuqori haroratga toqat qilmaslik holatidir[1]. Bu atama bir qator maxsus qo'llanishlarga ega. Uning eng keng tarqalgan ma'nolaridan biri tibbiyotda qo'llanadi va bemorning issiqlikdan qo'rqish holatini ifodalash uchun xizmat qiladi.

Farmasevtikada 0,1% betametazon valeratdan tashkil topgan termofobik ko'pik, inson sochidagi qazg'oqni davolash uchun an'anaviy vositalar kabi samarali ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari, ko'pik yog'li emas va bosh terisiga ziyon yetkazamaydi[2]. Termofobik materialning yana bir qo'llanilishi qo'ltiq osti va kaftning giperhidrozini davolashdir: Italiyaning Mipharm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Bettamousse nomli termofobik ko'pik giperhidrozni samarali davolash uchun kashf qilingan[3][4].

Biologiyada ba'zi bakteriyalar termofobikdir. Masalan, moxovni keltirib chiqaradigan mikobakteriyalar[5]. Tirik organizmlarning termofobik reaksiyasi yuqori haroratga salbiy javob qilishlaridir.

Fizika fanida termofobiya atamasi aralashmalardagi (eritmalar, suspenziyalar va boshqalar) zarrachalarning pastroq haroratli hududlarga qarab harakatlanishi, termoforezning alohida holatini ifodalash uchun xizmat qiladi[6].

Tibbiyotda termofobiya hissiy disfunksiya>ni, g'ayritabiiy issiqlik hissini anglatadi. Ushbu jihatgipertireoz bilan bog'liq bo'lishi mumkin[7][8].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Glossary for "thermophobic"“. Qaraldi: 2006-yil 4-noyabr.
  2. Milani, Massimo; Antonio Di Molfetta, S; Gramazio, R; Fiorella, C; Frisario, C; Fuzio, E; Marzocca, V; Zurilli, M et al. (August 4, 2003). "Efficacy of Betamethasone Valerate 0.1% Thermophobic Foam". Curr Med Res Opin 19 (4): 342–5. doi:10.1185/030079903125001875. PMID 12841928. http://www.medscape.com/viewarticle/458573. 
  3. "Efficacy of a new aluminium salt thermophobic foam in the treatment of axillary and palmar primary hyperhidrosis: a pilot exploratory trial". Curr Med Res Opin 21 (12): 1949–53. December 2005. doi:10.1185/030079905X74899. PMID 16368045. https://archive.org/details/sim_current-medical-research-and-opinion_2005-12_21_12/page/1949. 
  4. „Information on Bettamousse from Mipharm company website“. 2006-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 4-noyabr.
  5. „Leprosy notes“. 2007-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 4-noyabr.
  6. "Thermophoresis in protein solutions". Europhys. Lett. 63 (2): 247–53. 2003-07-01. doi:10.1209/epl/i2003-00520-y. Archived from the original on 2020-03-28. https://web.archive.org/web/20200328003639/http://www.iop.org/EJ/article/7722.html. Qaraldi: 2022-07-18. Termofobiya]]
  7. "Thermophoresis in protein solutions". Europhys. Lett. 63 (2): 247–53. 2003-07-01. doi:10.1209/epl/i2003-00520-y. Archived from the original on 2020-03-28. https://web.archive.org/web/20200328003639/http://www.iop.org/EJ/article/7722.html. Qaraldi: 2022-07-18. Termofobiya]]
  8. "[Physiopathology of thermophobia in hyperthyroidism]" (French). Lyon Med 225 (12): 1241–3. June 1971. PMID 5122011.