Termiziy Xoja Samandar Muhammad Ibn Baqo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Termiziy Xoja Samandar Muhammad Ibn Baqo (taxallusi: Samandar) (taxminan 1638, Termiz, — taxminan 1740, Qumqoʻrgʻon tumanidagi Qoptoʻqay qishlogʻi) — tarixchi olim va shoir, ulamo va davlat arbobi. Termiz sayyidlari oilasida tugʻilgan. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. Dastlab Narpayda qozilik qilgan (166062). Soʻngra Sharq va Gʻarb mamlakatlari, jumladan, Hindistonda darvesh sifatida yashagan. 1670 yillarda Buxoroga qaytib, Ashtarxoniylardan Abdulazizxon saroyida tarixchi (voqeanavis) lavozimida ishlagan. Subhonqulixon hukmronligi davrida saroyda uning nufuzi oshgan. Xiva xoni Anushaxon qoʻshinlari Buxoroga bostirib kelganida janglarda bevosita qatnashib, jasorat koʻrsatgan (167880). Elchi sifatida qoʻshni mamlakatlarga borgan. Nasafda rais (muhtasib) diniy lavozimida ishlagan.

T. forstojik tilida Qarshida "Dastur almuluk" ("Podshoxlarga qoʻllanma"; 1695) va Termizda "Anis ulfukaro" ("Fuqarolar doʻsti"; 1734) asarlarini yozgan. "Dastur almuluk" asari Buxoro xoni Subhonqulixonga bagʻishlangan boʻlib, u muqaddima va 22 bobdan iborat. Kitob axlokiytaʼlimiy xususiyatga ega tarixiy va adabiy asar boʻlib, unda davlatni boshkdrish toʻgʻrisida podshoxlarga qimmatli maslaxatlar mavjud. Asarda muallif yashagan davrda yuz bergan tarixiy voqealar: Buxoro xonlari qoʻshinlarining Xiva xonlari Anushaxon va Arangxon bosqinlariga qarshi olib borgan janglari, Movarounnahr va Xurosonda markaziy hokimiyatga qarshi koʻtarilgan isyonlar va boshqa bayon etilgan. Asar qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti va SanktPeterburgdagi Sharqshunoslik instituti fondlarida saklanadi. Asar rus tilida faksimilesi bilan (tarjimon M. Salohiddinova; M., 1971), tojik tilida (nashrga tayyorlovchi S. Halimov; Dushanbe, 1990), oʻzbek tilida (tarjimon J. Esonov; T., 1997) nashr qilingan.

Manbalar[tahrir]

  • Dastur almuluk (Nazidaniye gosudaryam), M., 1971; Dastur almuluk (Podshohlarga qoʻllanma), T., 1977.

Adabiyot[tahrir]

  • Termiz tazkirasi [tuzuvchi Mirzo Kenjabek], T., 2001.