Termiz hayvonot bogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Termiz hayvonot bogʻi – ilmiy-maʼrifiy muassasa. OʻzRdagi 2hayvonot bogʻi (birinchisi Toshkentda). 1938 y. 1 sent.da Termiz shahrida 35 ga maydonda tashkil etilgan (1934—37 yillarda Surxondaryo oʻlka muzeyi qoshidagi zoologiya boʻlimi). 1942 yilda hayvonot bogʻi yopildi va uning hayvonlari Toshkent hayvonot bogʻita koʻchirildi. 1947 y. 1 maydan qayta ish boshladi. Maydoni 22 ga, shuningdek, Termiz tumandagi "Yangiariq" shirkatfermer xoʻjaligi hududida yordamchi xoʻjaligi uchun 32 ga yer ajratilgan (2004). Termiz hayvonot bogʻib.da jonivorlarning 140 turi (umumiy soni 434 ta, 2003) mavjud boʻlib, undan 18 turi Xalqaro Kizil kitobga kiritilgan. Hayvonot bogʻida baliqlarning 15 turi; ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlarning 2 turi; sut emizuvchilarning 94 turi mavjud. Bular orasida sher, yoʻlbars, qoplon, yenot, poni, xongul, qulon, har xil maymunlar, qoʻngʻir ayiq, oq tirnoq ayiq, turli xil noyob qushlar bor. Termiz hayvonot bogʻib. tajribabotanika uchastkasida 120 turdan ortiq xar xil mevali va manzarali daraxtlar va butalar oʻstiriladi.

Har yili "qushlar bayrami", sayllar oʻtkaziladi. 2001 y. Termiz hayvonot bogʻib. xalqaro andozalar talabiga javob beradigan tartibda qayta qurildi. Termiz hayvonot bogʻib. haqida "Eng janubiy" hujjatli film yaratilgan (1979). Hayvonot bogʻi MDHdagi barcha hayvonot bogʻlari bilan aloqalarga ega.

Adabiyot[tahrir]

  • Termiz hayvonot bogʻi, T., 1959.

Shomat Samatov.