Termit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Termit (yun. therme — issiqlik) — alyuminiy yoki magniyning baʼzi metallar (temir, nikel va boshqalar) oksidi bilan kukunsimon aralashmasi; alangalanish vaqtida intensiv yonadi, natijada reaksiya mahsulotlari temperaturasi 2000° dan oshadi. Uglerodsiz metallar (marganets, xrom va boshqalar) va ferroqotishmalar (qarang Alyuminotermiya, Metallotermiya) olishda, relslarni payvandlahda va yirik detallarni quyishda, yondirgich aralashma sifatida (harbiy ishda) qoʻllanadi.