Termik qarshilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Termik qarshilik, issiqlik qarshiligi — jism (uning sirti yoki qatlami)ning molekulalarning issiqlik harakati tarqalishiga toʻsqinlik qilish xususiyati. Toʻliq, sirtki va qatlam Termik qarshiliklari farklanadi. Toʻliq Termik qarshilik — bir jism (sirt, qatlam) dan ikkinchisiga issiqlik uzatish koeffitsiyentiga teskari miqdor, sirtki Termik qarshilik — bir jism sirti bilan ikkinchi jism sirti orasida issiqlik almashinish koeffitsiyentiga teskari miqdor, qatlam Termik qarshilikgi — shu qatlam qalinligining uning issiklik oʻtkazish koeffitsiyentiga nisbatiga teng miqdor. Murakkab tizim (mas., koʻp qatlamli issiqlik izolyatsiyasi) Termik qarshilikgi uning alohidaalohida qismlari Termik qarshiliklari yigʻindisiga teng. Termik qarshilik son jihatdan issiklik oqimi birligi (1Vt/m2) ni jism sirtiga yoki modda qatlami orqali uzatish uchun zarur temperatura bosimiga teng. U m2K/Vt orqali ifodalanadi. Termik qarshilik ni bilish issiqlik texnikasi, qurilishda, binolarni isitish va boshqa sohalarda juda muhim (qarang Issiqlik almashinishi, Issiqlik oʻtkazuvchanlik, Issiqlik harakati).