Termayadroviy energiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Termayadroviy energiya — termayadroviy reaksiyadan olingan issiqlik oraqli elektor toki ishlab chiqaruvchi energiya ishlab chiqarishning taklif qilingan shakli. Termayadroviy jarayonda ikki yengil atom yadrolari birlashib ogʻirroq yadroni tashkil qiladi va oʻzidan energiya ajratadi. Bu energiyadan foydalanish uchun ishlab chiqilgan qurilmalar termayadroviy reaktorlar deb nomlanadi. Termayadroviy reaktorlar ustida tadqiqotlar 1940 yillarda boshlangan, lekin 2022-yilgacha faqat bir uslub, inert cheklash — Qoʻshma Shtatlarning Milliy Yonuv Muassasasida lazer oraqli yurgazilgan termayadroviy mashina ijobiy termayadro energiyasi ishlab chiqaruvchi metod boʻlib topilgan.

Termoyadroviy jarayonlar uchun yoqilgʻi va termoyadroviy sodir boʻlishi mumkin boʻlgan plazma hosil qilish uchun etarli harorat, bosim va saqlash vaqti boʻlgan chegaralangan muhit kerak. Quvvat ishlab chiqaruvchi tizimni tashkil qiluvchi ushbu elementlarning kombinatsiyasi Lawson mezoni deb nomlanadi. Yulduzlarda eng keng tarqalgan yoqilgʻi vodorod boʻlib, tortishish kuchi termoyadroviy energiya ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan uzoq muddatli chegaralanish vaqtini taminlaydi. Taklif qilingan reaktorlar odatada protiy (keng tarqalgan vodorod izotopi) oʻrniga asosan vodorodning ogʻir izotoplaridan deteriy va tritiy (ayniqsa shu ikkisining aralashmasidan) foydalanadi, bu ularga Lawson mezonining talablariga kamroq keskin xolatlar bilan erishish imkonini beradi.

Quvvat manbai sifatida termayadroviy sintezni parchalanish sinteziga nisbatan koʻp ustunliklari bor. Bular operatsiyadagi kamroq radiaktivlik, biroz yuqori darajadagi yadroviy chiqindi, kengroq yoq’ilgi taʼminoti va yaxshiroq vavfsizlik kiradi. Lekin xarorat, bosim va davomiylikning zarur kombinatsiyasini xosil qilish amaliy va iqtisodiy jihatdan qiyinligi koʻrilgan. Koʻp reaksiyalarga oʻz taʼsirini koʻrsatuvchi ikkinchi omil bu reaksiya vaqtida chiquvchi va vaqt oʻtishi bilan reaksiya kamerasida ishlatiladigan koʻp materiallarni sustlashtiruvchi neytronlarni boshqarishdir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]