Terexov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Terexov - Gleb Nikolayevich (1887.27.11, Moskva 1972.5.7, Toshkent) — patologanatom. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944), tibbiyot fanlari doktori (1935), professor (1946). Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1916), harbiy vrach (1916—22). Oʻrta Osiyo universitetining patanatomiya kafedrasida (1935-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedrasi) assistent (1926— 30), dotsent (1930—49), ayni vaqtda mudir (1934—60), 1960-yildan konsultant. Ilmiy ishlari leyshmanioz, alimentar distrofiya, pellagra, chillashir kabi kasalliklarning patomorfologiyasiga oid. Oʻrta Osiyoda uchraydigan visseral leyshmaniozning patologik anatomiyasi ustida tadqiqot olib borgan.